Matbuot xizmatiYangiliklarBoshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga B+ darajadagi milliy sertifikat asosida ustama beriladi

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga B+ darajadagi milliy sertifikat asosida ustama beriladi

O‘zbekistonda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi.

Hukumatning 29-iyuldagi qarori bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Qarorga ko‘ra, 2026/27-o‘quv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi.

Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi.

Malaka imtihonida ishtirok etishi uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi.

Unga ko‘ra:

  • 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
  • 65 – 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
  • 60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
  • 55 – 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
  • 50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
  • 46 – 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.

Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi. Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YIDXP ( my.gov.uz ) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi. Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR kodli sertifikatning elektron shakli ushbu portal orqali  yuboriladi. Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...