Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab Canva‘dan uch yil bepul foydalanadi

O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab Canva‘dan uch yil bepul foydalanadi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi Canva kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi.

O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq umumta‘lim maktablari Canva for Education platformasidan uch yil davomida bepul foydalanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi ma‘lum qildi.

Qayd etilishicha, vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida Canva kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzolagan.

Kelishuv Parijdagi YUNESKO bosh qarorgohida o‘tkazilayotgan Ta‘lim transformatsiyasi sammiti +4 (TES+4) doirasida tuzilgan.

Shartnomaga ko‘ra, mamlakatdagi 10 mingdan ortiq maktab uch yil davomida platformadan bepul foydalanadi. Grantning umumiy qiymati $20 mlnni tashkil etadi.

Vazirlikning qayd etishicha, Canva for Education o‘quvchilarga taqdimot va infografikalar yaratish, sun‘iy intellekt asosidagi vositalardan foydalanish, jamoaviy ishlash hamda raqamli savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.

Canva — Avstraliyada tashkil etilgan vizual dizayn platformasi bo‘lib, hozirda dunyoning 190 dan ortiq mamlakatida qo‘llaniladi. Uning Canva for Education xizmati o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun maxsus moslashtirilgan taqdimot shablonlari va boshqa ta‘lim vositalarini taklif etadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...