Matbuot xizmatiYangiliklarTibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Yangi yo‘riqnoma tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi.

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli yo‘riqnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hukumatning 738-son qaroriga asosan taqdim etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha yagona talablar belgilandi.

Hujjatlar elektron axborot tizimi orqali taqdim etilayotganda umumiy tartibda, tan olish orqali yoki ro‘yxatga olish maʼlumotlariga o‘zgartirish kiritish va guvohnoma muddatini uzaytirish holatlarida ekanligi belgilanadi.

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini xalqaro talablar (IMDRF va GHWP) bilan uyg‘unlashtirish nazarda tutildi. Jihoz markirovkasida uning nomi, tovar belgisi (agar mavjud bo‘lsa) hamda to‘plam tarkibi ko‘rsatilishi shart.

Unda ishlab chiqaruvchining nomi, yuridik manzili, tovar belgisi (agar mavjud bo‘lsa) va ishlab chiqaruvchi davlat haqidagi ma‘lumotlar bo‘lishi lozim.

Markirovkada ishlab chiqarilgan sana, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda partiya yoki seriya raqami ham ko‘rsatiladi.

Steril tibbiy jihozlarda STERIL ogohlantiruvchi yozuvi, sterilizatsiya usuli va muvofiqlik belgisi bo‘lishi kerak. Agar tibbiy jihoz faqat bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bu haqda alohida qayd kiritiladi.

Shuningdek, markirovkada tibbiy jihozni qo‘llashga doir cheklovlar ham aks ettirilishi lozim.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...