Matbuot xizmatiYangiliklarYoshlar uchun kasb vaucheri joriy etiladi, xususiy texnikumlarga davlat granti beriladi

Yoshlar uchun kasb vaucheri joriy etiladi, xususiy texnikumlarga davlat granti beriladi

Har yili 500 ming nafar yoshni zamonaviy kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan ekotizim yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi va ertangi taraqqiyot zamini uchta ustunga tayanishini taʼkidladi. Bu — bilim, kasb va texnologiya.

“Mening niyatim — har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega bo‘lib, hayotda munosib o‘rnini topsin”, — dedi prezident.

Shuning uchun har yili 500 ming yoshni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta‘minlaydigan Kelajak bilimlari ekotizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Hududlarda “O‘quv markazi qurib, yoshlarga kasb va til o‘rgataman” degan yoshlar ko‘paymoqda. Endi bu maqsadlar uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi.

Yoshlar to‘lovni besh yilda foizsiz bo‘lib to‘laydi. Infratuzilmaga zarurat bo‘lsa, davlat qilib beradi. O‘quv markazini qurish va jihozlash uchun kredit stavkasining 7%i kompensatsiya qilinadi.

Yoshlar o‘quv markazlariga xorijiy ilg‘or o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni olib kelsa, davlat ushbu xarajatning yarmini qoplashga ham tayyor.

Qo‘lida kasbi bo‘lib, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga kasb vaucherini berish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu kasb vaucheri foizsiz ssuda shaklida bo‘lib, har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni o‘rganish xarajatlari qoplab beriladi.

Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar xususiy o‘quv markazida kasb egallashi uchun bepul vaucher taqdim etiladi.

Shu yilning o‘zida kasb vaucheri va bepul vaucher tizimi uchun 120 mlrd so‘m ajratiladi. Talab bo‘lsa, ushbu mablag‘ ko‘paytirib boriladi.

Xorijiy tilni puxta o‘rganib, yuqori natija bilan sertifikat olgan yoshlarga bu xarajatini qoplash tizimi o‘zini oqladi. Prezident buni xalqaro kasb sertifikatini olganlarga ham tatbiq qilishni taklif etdi.

Yoshlarga kasb o‘rgatishning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarda xususiy sektor ishtiroki yanada kengaytiriladi.

Buning uchun texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Yangi o‘quv yilidan xususiy texnikumlarga ham kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat granti beriladi.

Xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 mln so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 mln so‘mdan mukofot oladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda 10 ming yoshga noutbuk xarid qilish xarajatining yarmi qaytarib beriladi

Shuningdek, IT yo‘nalishidagi talabalar uchun yangi stipendiyalar, dual ta‘lim va kompyuter xaridini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Raqamli hukumat markazida birinchi...

Grant, ipoteka va xorijda stajirovka: O‘zbekistonda Yoshlar ligasi platformasi ishga tushiriladi

Shuningdek, TOP-100 dasturi doirasida har ikki yilda 100 nafar iqtidorli yosh saralanib, 50 mln so‘mdan mukofotlanadi. Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi. Yoshlar uchun...

Oliygoh bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlar uchun 1%lik soliq stavkasi joriy etiladi

Yoshlar uchun mini-franshiza dasturi ishga tushirilib, 300 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi. Davlat rahbari oliygoh bitiruvchisini ishga olgan...

100 ta eng yaxshi yoshlar loyihasiga 1 mlrd so‘mgacha investitsiya ajratiladi

Vazirlik va hokimliklar huzurida kamida 10 mlrd so‘mlik venchur jamg‘armalari tashkil etiladi. Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Hozirda yillik aylanmasi 500 mlrd so‘mdan oshgan...

Prezident qoraqalpog‘istonlik muhandis qizga Volkswagen sovg‘a qildi

Ayzada Asanova jamoasi yaratgan energiya tejamkor elektromobil loyihasini davlat rahbariga taqdim etdi. Shavkat Mirziyoyev 30-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan ko‘rgazmada...

O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mlndan oshdi — aholini ro‘yxatga olish natijalari

Dastlabki natijalariga ko‘ra, aholi soni amaldagi statistik ko‘rsatkichlardan 810,6 ming kishiga ko‘paydi. Aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi ilk bor 39 mln kishidan oshdi....