Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yagona tizimga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi nazorati yagona tizimga o‘tkaziladi

Sohaga mas‘ul idoralarning takrorlanuvchi funksiyalarini maqbullashtirish va xalqaro standartlarga mos tizim yaratiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona davlat boshqaruvi joriy etiladi. Bu bo‘yicha prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan sohaga masʼul idoralarning bir-birini takrorlovchi funksiyalarini maqbullashtirish orqali yagona davlat boshqaruvi tashkil etiladi.

Daladan dasturxongacha tamoyili asosida xavf tahliliga asoslangan nazorat tizimi joriy etiladi.

Amaldagi sanitariya qoidalari Alimentarius kodeksi standartlari, Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti (WOAH), O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha xalqaro konvensiya (IPPC) talablariga muvofiqlashtiriladi.

Farmonga muvofiq, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi negizida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etiladi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi.

2027-yildan xususiy sektorga bosqichma-bosqich o‘tkaziladigan (turlari kengaytiriladigan) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash sohasidagi funksiyalar ro‘yxati tasdiqlandi.

Shuningdek, qo‘mita huzurida Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi instituti tashkil etiladi.

Mart oyida Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlarining navbatdagi yig‘ilishida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qiluvchi yagona qo‘mita tashkil etilishi haqida so‘z borgandi.

13-may kuni prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda uchta idora negizida barcha nazorat jarayonlarini birlashtiradigan Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilishi taʼkidlangan edi.

Shu kuni Azizbek Urunov Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasiga rais bo‘ldi.

Shuningdek, Mikrokreditbank raisi Orif Butayev qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari — Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab Canva‘dan uch yil bepul foydalanadi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi Canva kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq umumta‘lim maktablari Canva for Education platformasidan uch yil davomida bepul foydalanadi....

O‘zbekistonda yagona raqamli platforma joriy etiladi, takrorlanuvchi tizimlar taqiqlanadi

Platforma 2027-yil iyuligacha ishga tushirilishi, 2028-yil oxirigacha kamida 5 mingta ma‘muriy funksiyani raqamlashtirishi rejalashtirilgan. Prezidentning Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat Lex.uz...

Ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning yarmi qaytariladi

Buning uchun tadbir yakunlanganidan so‘ng 3 oy ichida Turizm qo‘mitasiga murojaat qilish talab etiladi. O‘zbekistonda MICE (ishbilarmonlik) turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga amalda to‘langan QQSning 50%i...

O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etiladi

Yangi tizim dastlab Toshkentda sinov tariqasida ishga tushiriladi, 2027-yildan esa barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish,...

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Yangi yo‘riqnoma tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar...

O‘zbekiston qish uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasini yaratadi

Shuningdek, mavsum davomida issiqlik elektr stansiyalariga 4,16 mln tonna ko‘mir yetkazib berilishi prognoz qilinmoqda. 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining...