Matbuot xizmatiYangiliklarAyrim o‘qituvchilarga avia va temiryo‘l chiptalari uchun chegirma berish rejalashtirilmoqda

Ayrim o‘qituvchilarga avia va temiryo‘l chiptalari uchun chegirma berish rejalashtirilmoqda

Chegirma yuqori reytingdagi maktab, texnikum va OTM pedagoglariga yiliga bir marta taqdim etiladi.

Transport vazirligi pedagoglar uchun avia va temiryo‘l chiptalariga chegirma berishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Loyihaga ko‘ra, 2026−2027 o‘quv yilidan boshlab respublika reytingida TOP-100 talikka kirgan maktab va bog‘chalar, TOP-20 talikdagi texnikumlar hamda TOP-10 talikdagi OTMlar pedagoglariga O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish uchun chegirmalar taqdim etiladi.

Bunda samolyot hamda poyezd chiptalarining tarif qismiga 15% chegirmalar kalendar yili davomida bir marta beriladi.

Imtiyoz ekonom klassdagi aviachiptalar hamda plaskart va kupe vagonlari chiptalariga tatbiq etiladi. Yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar bundan mustasno.

Bunda sayohat boshqa yo‘nalishlarga o‘tkazishsiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri borish va qaytish shaklida amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.

Chegirmali chiptalar temiryo‘l vokzallari, Uzbekistan Airways Sales filiali va respublika aeroportlari kassalarida rasmiylashtiriladi. Buning uchun ta‘lim muassasasining firma blankida tayyorlangan, rahbar imzosi va muhri bilan tasdiqlangan rasmiy xat hamda amaldagi ID-karta taqdim etilishi kerak bo‘ladi.

Aprel oyida shaharlararo poyezdlarda yo‘lkira mart oyiga nisbatan 1,4% ga oshgandi. Shuningdek, ichki reyslar uchun aviachiptalar narxi 2,6% ga, xalqaro reyslarniki esa 2,3% ga ko‘tarilgan.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Dunyoda minimal ish haqi eng yuqori boʻlgan davlatlar maʼlum qilindi

Tahlil uchun Xalqaro mehnat tashkilotining 2024-yilgi maʼlumotlaridan foydalanilgan. Bunda ish haqining oddiy nominal miqdori emas, balki xarid qobiliyati pariteti - yaʼni turli davlatlarda tovar va...

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-sentabr kuni kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mamlakatimizda...

O‘zbekistonda oktabr-noyabr oylarida biznesni ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish...

Mehmonxonalar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlari 2030-yilgacha saqlanadi

Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi. 27-avgustdagi farmonda turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini...

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi

Yangi Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni ulugʻ ayyom bilan samimiy tabrikladi. Davlatimiz...

To‘rtta hududda 2,4 GVt quvvatga ega yangi elektr stansiyalari va saqlash tizimlari ishga tushirildi

O‘zbekistonning turli hududlarida uchta yangi elektr stansiyasi va uchta elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Ular 25-avgust kuni mustaqillikning 35 yilligi munosabati...