LoyihalarBiznes marafonAndijon shahrida ham “Biznes Marafon” loyihasi muvaffaqiyatli tashkil etildi

Andijon shahrida ham “Biznes Marafon” loyihasi muvaffaqiyatli tashkil etildi

Yoshlarni ish bilan ta’minlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o‘z o‘rinlarini topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining rivojlanishi eng asosiy omil va manba bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimizda tadbirkorlik azaldan xalqimizga xos bo‘lgan va jamiyatda yuksak qadrlangan. Xususan, Amir Temur o‘z saltanatida tadbirkorlar va shijoatli insonlarni g‘oyat qadrlab shunday degan edi: “Tajribamda ko‘rilganki, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, jang ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir. Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi”. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aholini, xususan, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ularning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aynan mana shu sa’y-harakatlar uzviy davomi sifatida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Farg‘ona vodiysining uch viloyatida ketma-ket tarzda “BIZNES MARAFON” loyihasi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Xususan, 30-aprel kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida, 1-may kuni Andijon shahar Yoshlar markazida hamda 2-may kuni Namangan shahridagi ma’rifat maskanida o‘tkazilgan ushbu tadbirlar yuzlab tashabbuskor va intiluvchan yoshlarni bir maydonga jamladi.

Mazkur marafon doirasida ishtirokchilar uchun ochiq muloqotlar, savol-javob sessiyalari, tajriba almashish uchrashuvlari tashkil etildi. Bu jarayon yoshlarning nafaqat bilim olishi, balki o‘zaro aloqalarni mustahkamlashi, kelajakdagi hamkorliklar uchun poydevor yaratishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. “BIZNES MARAFON” davomida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini kuchaytirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, istiqbolli biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud tizimli muammolarni aniqlash asosiy maqsad sifatida ilgari surildi. Treninglar nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmay, amaliy tajribaga asoslangan holda tashkil etildi. Ishtirokchilar zamonaviy biznesni yo‘lga qo‘yish, startaplarni rivojlantirish, investorlarni jalb qilish, moliyaviy savodxonlikni oshirish, marketing va brending strategiyalarini samarali qo‘llash hamda liderlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha muhim bilim va tajribaga ega bo‘ldilar. Tadbirda mamlakatimizning yetakchi tadbirkorlari, muvaffaqiyatli biznes egalari, tajribali mutaxassislar va soha ekspertlari ishtirok etib, o‘zlarining hayotiy tajribalari, muvaffaqiyatga erishish yo‘llari hamda biznesdagi muhim qarorlar haqida yoshlar bilan samimiy suhbatlashdilar. Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun nafaqat motivatsiya manbai, balki real hayotiy tajribaga asoslangan amaliy qo‘llanma vazifasini ham o‘tadi.

Ma’lumki, yoshlar ko‘pincha o‘z tengdoshlarining muvaffaqiyatini ko‘rib, ulardan ilhom oladi va o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘ya boshlaydi. Aynan shu jihatdan “BIZNES MARAFON” yoshlar uchun o‘z yo‘lini topish, to‘g‘ri qaror qabul qilish va tadbirkorlik sari dadil qadam tashlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu kabi loyihalar orqali yoshlar nafaqat bilim oladi, balki o‘z g‘oyalarini shakllantirib, ularni amaliyotga joriy etish uchun zarur bo‘lgan ishonch va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.

Fotosuratlar

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...