Foydali manbalarBiznes haqidaBirinchi chorakda O‘zbekiston banklari qancha sof foyda oldi?

Birinchi chorakda O‘zbekiston banklari qancha sof foyda oldi?

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistondagi banklarning sof foydasi 5,52 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 61,6% ga ko‘p.

1-aprel holatiga jami 34 ta bankdan uchtasi sof foydasini 300 mlrd so‘mdan oshirgan bo‘lsa, o‘tgan yilning xuddi shu davrini zarar bilan yakunlagan Ipoteka-bank eng ko‘p sof foydaga chiqqan bank bo‘ldi — 846,4 mlrd so‘m.

Shu paytgacha ushbu reytingda yetakchilikni saqlab kelayotgan O‘zmilliybank esa 603,2 mlrd so‘m bilan ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Kuchli uchlikni 550,04 mlrd so‘m bilan O‘zsanoatqurilishbank yakunladi.

Ko‘plab mahalliy banklar davlat tasarrufida bo‘lib, ular nafaqat tijorat muassasalari sifatida, balki rivojlanishga yo‘naltirilgan tashkilotlar sifatida ham faoliyat yuritadi. Bu ularning davlat tomonidan sezilarli darajada qo‘llab-quvvatlanishini bildiradi, bu esa sof bozor sharoitida ularning daromadliligini xolis baholashni qiyinlashtiradi.

Quyidagi 6 ta bank sof foydasini 300 mlrd so‘mdan oshirgan:

Navbatdagi 11 ta bank 100 mlrd so‘mdan 300 mlrd so‘mgacha sof foyda olgan:

Keyingi 12 ta bank 10 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha sof foyda ko‘rdi:

4 ta bank 10 mlrd so‘mgacha foyda oldi:

  • Turonbank — 7,5 mlrd so‘m;
  • Mybank (ilgargi Madad Invest Bank) — 2,9 mlrd so‘m;
  • Poytaxt Bank — 2,6 mlrd so‘m;
  • Open bank (ilgargi Smart Bank) — 1,2 mlrd so‘m.

Faqat bitta bank birinchi chorakni zarar bilan yakunladi. Yanvar-mart oylarida AVO bank ko‘rgan zarari 2,97 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...