Matbuot xizmatiYangiliklarShavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratishni taklif etdi

Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Samarqand shahrida Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Prezident dunyodagi notinchlik tufayli millionlab sayyohlar xavfsiz yo‘nalishlarni qidirayotganini, Markaziy Osiyo ziyorat, madaniy, gastronomik, etno, ekstremal, tibbiyot kabi turizm yo‘nalishlarida katta salohiyatga egaligini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston mazkur sohaga alohida eʼtibor qaratib, zarur infratuzilma, servis, viza va transport, eng muhimi, sayyohlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirdi. Buning hisobiga 10 yil ichida O‘zbekistonga xorijiy turistlar oqimi 6 karra oshib, 12 million nafarga yetdi.

Shavkat Mirziyoyev yaqinda Toshkent shahrida ochilgan Markaziy Osiyoning ilm-fan va maʼnaviy xazinasi sifatida eʼtirof etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Samarqandda barpo etilgan buyuk alloma Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi O‘zbekistonning yangi durdonalariga aylanganini, bunday majmualar qo‘shni mamlakatlarda ham bunyod etilayotganini aytdi. Shu bois, prezident mintaqa davlatlarini birlashtiradigan turistik makon — “Markaziy Osiyo turizm halqasi”ni yaratish tashabbusini ilgari surdi.

Davlat rahbari qo‘shni davlatlar, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa hamkorlarni turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar portfelini shakllantirib, birgalikda moliyalashtirishga chaqirdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...