Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston maktablarida sunʼiy intellekt va startap xonalari tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston maktablarida sunʼiy intellekt va startap xonalari tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston maktablarida sunʼiy intellekt va startap xonalarini tashkil etish taklif qilindi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevga sun’iy intellekt va raqamlashtirish sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda “5 million sunʼiy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida 1 milliondan ortiq boshlangʻich kurs tinglovchilari, 300 mingdan ziyod oʻrta bosqich tinglovchilari va 1,5 ming professional darajadagi mutaxassis tayyorlangani aytildi.

Qayd etilishicha, hozirda mamlakatdagi maktablarning 69 foizida Wi-Fi zonalari umuman mavjud emas. Shuningdek, 5 mingta kompyuter sinfi ma’nan eskirgani, yana 2 mingta maktabda bunday xonalar umuman yo‘qligi qayd etildi.

Shu bois 2030-yilgacha 16 mingta kompyuter sinfini yangilash, maktablarni bepul Wi-Fi nuqtalari bilan ta’minlash va internet tezligini oshirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Taqdimotda raqamli ta’limni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, maktablarda sun’iy intellekt va startap xonalarini tashkil etish taklifi ilgari surildi.

Ma’lum qilinishicha, “5 million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida 1 milliondan ortiq boshlang‘ich bosqich tinglovchilari, 300 mingdan ziyod o‘rta bosqich tinglovchilari va 1,5 ming professional darajadagi mutaxassis tayyorlangan.

Taqdimot yakunida davlat rahbari raqamlashtirish va sun’iy intellektni iqtisodiyot samaradorligi, davlat boshqaruvi sifati va xizmatlar qulayligini belgilovchi strategik yo‘nalish sifatida baholab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Oliy ta’limda talabalar bilimini baholash tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekistonda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda...

Yangi Toshkentdagi Milliy kutubxonani yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan

Prezident Milliy kutubxona, ikkita universitet kampusi va 55 ming o‘rinli stadionni belgilangan muddatda hamda sifatli yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Yangi Toshkent shahrida...

Energetikada muammo mablag‘da emas, tizimning boshqaruvida — prezident

Prezident raisligidagi yig‘ilishda yoz va qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi avariyalar minglab iste‘molchilarni uzluksiz elektr ta‘minotisiz qoldirgani taʼkidlandi. Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan...

O‘zbekistonda 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Eski avtomobilni yangilashda avtokredit foizlarining bir qismi qoplab beriladi Trade-in dasturi doirasida eski avtotransport vositasini topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi avtomobil xarid qilish uchun olingan...

Uy-joy subsidiyasi uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi4

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. Arizalarni 27-iyul kuni soat 15:00 dan boshlab jo‘natish mumkin....

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7 mln so‘mdan oshdi

Eng yuqori ish haqi Toshkentda, eng past ko‘rsatkich esa Qashqadaryo viloyatida qayd etildi. 2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7 mln...