Matbuot xizmatiYangiliklarLaboratoriya uskunalarini xarid qilish tartibi tasdiqlandi

Laboratoriya uskunalarini xarid qilish tartibi tasdiqlandi

Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan taʼminlanadi. Bu bo‘yicha tegishli nizom hukumat qarori bilan nizom tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, xarid uchun ariza masʼul shaxslar tomonidan rasmiylashtiriladi. Ilmiy loyihalarda arizani loyiha rahbari, ilmiy mavzularda esa ilmiy bo‘linma rahbari yoki tegishli mavzu rahbari taqdim etadi.

Dissertatsiya tadqiqotlarida ariza doktorantning ilmiy rahbari yoki kelishuv asosida ilmiy daraja va unvonga ega doktorantlardan biri tomonidan beriladi.

Arizada ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini ko‘rsatgan holda markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid usullaridan birini amalga oshirish ko‘rsatiladi.

Ariza, maxsus axborot tizimida maʼlum bir ilmiy faoliyat yo‘nalishidagi tadqiqotni bajarishga masʼul tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach, yuboriladi.

Agentlik qabul qilingan arizalar bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida belgilangan talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.

Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha maʼqullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari yosh grossmeysterimizni O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta...

Javohir Sindarov Jahon toji uchun kurashadi!

Kiprda bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Nomzodlar turniri”da hamyurtimiz, iqtidorli yosh grossmeyster Javohir Sindarov muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritib, barchamizni xushnud etdi. Hal qiluvchi uchrashuvda u eng...

Nogironlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlashga qaratilgan qonun Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida nogironlik pensiyalarini proaktiv shaklda tayinlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuborildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi. Majlisda...

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun elchixonaga onlayn navbat olish xizmati ishga tushdi

Endi xorijdagi o‘zbekistonliklar konsullik xizmatlariga onlayn navbat olishlari mumkin. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali matbuot xizmati xabar berdi. Xorijda yashayotgan yoki vaqtincha bo‘lib turgan fuqarolar...

Xorijda ilmiy daraja olgan yoshlarga imtiyozli ipoteka krediti beriladi

9-aprel kuni qabul qilingan hukumat qarori (VMQ-159-son) bilan top reytingga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga ipoteka krediti ajratish tartibi tasdiqlandi. Unga...

Zargarlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning bir qismini qaytariladi

Hukumat qarori bilan zargarlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga QQSning bir qismini qaytarish tartibi bo‘yicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Qayd etilishicha, ushbu vaqtinchalik nizom 2028-yilga qadar amal qiladi. Zargarlik buyumlarini...