Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda 2026-yildan yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda 2026-yildan yangi ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etiladi

2026-yildan fuqarolarga homiladorlik, tug‘ish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalari proaktiv tarzda tayinlanadi.

3-noyabr kuni davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan 2026-yildan O‘zbekistonda davlat ijtimoiy sug‘urtasining yangi tizimi joriy etiladi. Uning doirasida fuqarolar davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan quyidagi shartlarda qamrab olinadi:

  • majburiy asoslarda — Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun bilan miqdori belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining bir qismi hisobidan;
  • ixtiyoriy asoslarda — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 5%i miqdoridagi har oylik sug‘urta badalining eng kam miqdorini to‘lash evaziga.
  • Fuqarolarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar ularning minimal sug‘urta staji va to‘lagan sug‘urta badaliga mutanosib ravishda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali to‘lanadi.

2026-yilning 1-yanvaridan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi jamg‘arma orqali proaktiv shaklda tayinlanadi va to‘lanadi. 1-iyuldan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi ham shu tartibda belgilanadi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari asosida 2030-yildan ishdan bo‘shatish nafaqasi ham Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali tayinlanadi va to‘lanadi.

Shavkat Mirziyoyev kasaba uyushmalari faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishini tezlashtirishga chaqirgandi.

29-oktabr kuni prezident ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy band bo‘lgan barcha shaxslarga nafaqalar bosqichma-bosqich Ijtimoiy himoya jamg‘armasi tomonidan to‘lanishi yo‘lga qo‘yiladi.

Undan keyin Senat davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunni maʼqulladi. Sentabr oyida ushbu qonun senatorlar tomonidan rad qilingandi. Hujjat Oliy Majlis palatalarida kelishuv komissiyasi tuzilgan holda qayta ishlandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston AQSh texnogigantlari bilan loyihalarni moliyalashtirishga DFC va AQSh Eksimbankini jalb qiladi

Mamlakatda Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini joriy etish hamda Raqamli akademiya va startap-xablar tarmog‘ini yaratish rejalashtirilgan. Vashington shahriga amaliy tashrifning ishbilarmonlik dasturi yakunida...

Endi parvarishga muhtojlar uchun ijtimoiy xizmat vaucherlari onlayn beriladi

Fuqarolar portaldan ijtimoiy-maishiy, tibbiy yoki kunduzgi parvarish xizmatlari uchun vaucherlarni olishlarii mumkin. Yagona portalda o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun ijtimoiy xizmatlarga vaucher berish imkoni yaratildi....

Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

Agar tadbirkor bitiruvchi bilan 2 yil ichida mehnat shartnomasini bekor qilsa, kredit bo‘yicha foiz tijorat stavkasiga o‘zgartiriladi. Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi. Bu haqdagi...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,6% gacha kamaydi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan Global ijtimoiy adolat fondini ta‘sis etishni taklif qildi. Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Dohada o‘tkazilgan Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida...

Shavkat Mirziyoyev Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3-4 noyabr kunlari Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok...

Sunʼiy intellekt asosidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun $100 mln ajratiladi

Mablag‘lar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan beriladi. Ularning yarmi davlat organlarida SI texnologiyalarini joriy etishga, qolgan yarmi esa venchur jamg‘armalar orqali innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Prezident sunʼiy...