Foydali manbalarBiznes haqidaBrend tarixi: amerikaliklarning sevimli britancha Twix shirinliklari

Brend tarixi: amerikaliklarning sevimli britancha Twix shirinliklari

1967-yilda Buyuk Britaniyada Raider nomi ostida ishlab chiqarila boshlangan batoncha bugun dunyoda Twix nomi bilan tanilgan. Yillar davomida u nomi, logotipi va marketing uslubini o‘zgartirib, Mars kompaniyasining muvaffaqiyatli shirinliklaridan biriga aylangan.

1967-yilda Buyuk Britaniyada yangi shokolad batonchasi — Raider ishlab chiqarildi. O‘sha paytda u asosan Yevropa bozorida sotilgan va hali keng tanilmagan edi. Shunga qaramay, uning pechenye, karamel va shokolad uyg‘unligi keyinchalik Twix brendining poydevorini yaratdi.

1980-yillarda Mars kompaniyasi global brendlash jarayonida Raider nomini Twix’ga o‘zgartirdi. Yangi nom va reklama strategiyasi shirinlikni deyarli butun dunyoda tanitdi.

Bu safar Spot Twix shirinliklarining yaratilish jarayoni va global miqyosda mashhurlikka erishish tarixini yoritadi. Shuningdek, brendining shakllanishi, reklama strategiyalari haqida so‘z yuritadi.

Siz qaysi tomonni tanlaysiz: twix afsonasi

Bugun ko‘pchilik Twix nomi bilan taniydigan shokoladli batonchalar ilk bor 1967-yilda Buyuk Britaniyada Raider nomi ostida ishlab chiqarila boshlangan. 1979-yilda mahsulot AQSh bozoriga eksport qilinib, u yerda Twix nomi bilan tanitilgan.

Shirinliklar Mars Limited kompaniyasining shtab-kvartirasida Forrest Mars tomonidan yaratilgan. Kompaniya o‘z mahsulotiga qiziqish uyg‘otish maqsadida “Twix afsonasi” nomli reklama hikoyasini yaratadi. Unda shokoladli batonchikning paydo bo‘lishi ikki aka-uka — Erl va Simus nomi bilan bog‘lanadi.

Hikoyaga ko‘ra, ular qandolatchilikka mehr qo‘yib ulg‘aygan va bir kuni shokolad, karamel va pechenyeni uyg‘unlashtirib, ochlikni bosadigan yangi batonchik yaratishga qaror qilishadi. Biroq jarayon davomida ular o‘zaro tortishib qoladi. Erl Simusning qo‘lidagi batonchani tortib olmoqchi bo‘lgan paytda shokolad ikki bo‘lakka ajralib ketadi.

Shu kichik hodisa aka-ukalarning biznes yo‘nalishini ham ajratadi: har biri o‘z yo‘lidan ketadi, natijada har bir Twix batonchasining ikki tayoqchasi — bu raqobat va hamkorlik ramziga aylanadi.

Raider’dan Twix’gacha

Raider nomi bilan tanilgan batonchalar Amerika bozoriga Twix brendi ostida kirib keladi. Bu nom inglizcha “twin” — “juft” va “stick” — “tayoqcha” so‘zlaridan olingan bo‘lib, batonchaning ikki bir xil bo‘lagini ifodalaydi. Biroq mahsulot AQShda dastlab kutilganidek muvaffaqiyat qozona olmaydi. Natijada Mars kompaniyasi uni qisqa muddatga savdodan olib tashlashga qaror qiladi.

Oradan vaqt o‘tib, kompaniya marketing strategiyasini yangilab, Twix’ning o‘ziga xos jihatlarini — karamel, shokolad va pechenyening uyg‘un birlashmasini alohida targ‘ib qila boshlaydi. Natijada Twix tez orada amerikaliklar orasida mashhurlikka erishib, savdo hajmi $63 mlndan oshib ketadi.

1983-yilda Mars kompaniyasi mutaxassislari karamel o‘rniga yeryong‘oq yog‘idan foydalanib, Peanut Butter Twix nomli yangi turini taqdim etdilar. Shokoladning bu turi qisqa fursatdayoq ommalashib, brend savdosini yanada oshiradi.

1990-yillarga kelib Yevropada muhim o‘zgarish yuz beradi: Raider nomi bosqichma-bosqich butun dunyoda Twix bilan almashtirildi. Biroq Skandinaviya mamlakatlari va Turkiyada eski nom 2000-yilgacha saqlanib qoldi. Qiziqarli tomoni, 2009-yilda Germaniyada “retro” kayfiyatini uyg‘otish maqsadida Raider nomi qisqa muddatga yana mahsulot o‘ramlarida paydo bo‘ldi.

Keyingi yillarda Twix turli shakl va ta’mlarda iste’molchilarga taklif qilindi:

  • 2003-yilda choy bilan tanovul qilish uchun Twixels;
  • 2005-yilda qoramtir shokoladli Twix Dark;
  • 2008-yilda qahvali Twix Java;
  • 2014-yilda mayda bo‘lakli Twix Bites taqdim etildi.

Logotipning o‘zgarib borishi

Twix brendi o‘z tarixida bir necha bor yangilanishlardan o‘tgan. Rebrending loyihasi doirasida kompaniya JKR dizayn studiyasi bilan hamkorlik qilib, logotipni zamonaviylashtiradi. Yangi dizayn avvalgi ko‘rinishning asosiy elementlarini saqlab qolgan holda, ularni yanada soddalashtirgan.

1979-yildan 2010-yilgacha qo‘llanilgan logotipdagi yumaloq “T” harfi brendning dastlabki bosqichlaridagi vizual belgilaridan biri bo‘lib, mahsulotga retro ruh bag‘ishlab turgan.

Keyingi yillardagi versiyalarda esa shrift va rang o‘zgarishlari orqali logotip yanada aniq va grafik jihatdan barqaror shaklga keltirilgan.

brend tarixi, mars, twix

Twix shirinliklaridagi logotipning o‘zgarib borishi. Foto: Designcompass

2025-yilga kelib, brend logotipida kichik dizayn o‘zgarishi amalga oshirildi — harflar orasida, “i” harfida joylashgan kichik “pauza” belgisi olib tashlandi.

Bu o‘zgarish brendning umumiy vizual uslubini soddalashtirishga qaratilgan edi. Biroq ayrim iste’molchilar bu belgining yo‘qolishini iliq qabul qilmadi, chunki ular uni Twix logotipining taniqli elementi sifatida ko‘rib kelishgan.

Reklama kampaniyasi: “chap” va “o‘ng” raqobati

2012-yilda Twix brendi o‘z tarixidagi eng esda qolarli reklama kampaniyalaridan birini boshladi. Uning markazida “Chap Twix” va “O‘ng Twix” o‘rtasidagi ramziy raqobat g‘oyasi turardi.

Reklamalarda bu ikki batoncha go‘yoki bir-biridan farq qiladigandek ko‘rsatildi, aslida esa ular bir xil edi. Shu oddiy, ammo ijodiy yondashuv Twix’ni muhokama markaziga olib chiqdi.

Kompaniya qisqa vaqt ichida muvaffaqiyat qozondi. 2017-yilda Mars kompaniyasi “Ikki chap” va “Ikki o‘ng” yozuvlari tushirilgan maxsus paketlarni taqdim etib, bu g‘oyani yanada rivojlantirdi. So‘rov natijalariga ko‘ra, xaridorlarning yarmi “Left Twix»ni tanlagan, garchi ular orasida hech qanday farq bo‘lmagan bo‘lsa ham.

Reklama turli platformalarda — televizion roliklar, tashqi bannerlar, internet va YouTube kanallarida faol targ‘ib qilindi. Bu kompaniya Twix brendining marketing tarixida muhim bosqich bo‘lib, mahsulotni iste’molchi bilan yumoristik raqobat orqali bog‘lashga xizmat qildi.

Keyingi yillarda kompaniya bu g‘oyani yangicha talqin qildi. Endi e’tibor “chap” va “o‘ng” qarama-qarshiligiga emas, balki har ikki batonchaning bir xil mazali tarkibga egaligiga qaratildi. Shu tariqa Twix reklamalari raqobat g‘oyasidan tenglik va yagona ta’m konsepsiyasiga o‘tdi.

Amerikaliklarning sevimli shirinliklaridan biri

Twix’ning aniq daromadi ochiq manbalarda keltirilmaydi, chunki u Mars Incorporated kompaniyasining tarkibiga kiruvchi yirik brendlardan biridir. Mars odatda moliyaviy hisobotlarda alohida mahsulotlar bo‘yicha emas, balki butun kompaniya yoki shirinliklar bo‘limining umumiy natijalarini e’lon qiladi.

Spot avvalroq shu kompaniyaga tegishli yana bir brend — Snickers shirinliklari tarixi haqida hikoya qilgandi. Mars’ning shirinliklar bo‘limi yiliga o‘rtacha $18 mlrd daromad keltiradi. Biroq bu ko‘rsatkich Twix’ning o‘ziga emas, balki kompaniyaning barcha shirinlik brendlari jamlanmasiga taalluqlidir.

Shu bois Twix’ning aniq moliyaviy natijalarini ajratib ko‘rsatish qiyin. Biroq u Mars kompaniyasining mashhur va bozorda barqaror o‘rin egallagan shokolad batonchalaridan biri sanaladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Jahon banki O‘zbekistonga iqtisodiy islohotlar uchun $800 mln imtiyozli kredit ajratadi

Kam ta’minlangan oilalar uchun elektr va gaz uchun kompensatsiyani 270 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilgan. Jahon banki O‘zbekistonga $800 mln imtiyozli kredit ajratadi. Bu haqda...

Prezident yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi

Loyihaning birinchi bosqichida $2,5 mlrd sarmoya hisobiga aerovokzal va aerodrom qurilib, yiliga 20 mln yo‘lovchi, 129 ming tonna yuk va soatiga 30 ta parvozga xizmat ko‘rsatish imkoniyati...

Mahalla yettiligi joylashadigan binolar 7 yilgacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etiladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi bo‘sh turgan 5 ming kvgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin bo‘ladi. Avvalroq prezident raisligida mahalla tizimini yana-da takomillashtirish va joylarda...

O‘zbekistonda 2026-yilda davlat suv kadastri joriy etiladi

Suv hisobi platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblab boriladi va iste’molchilarga elektron tarzda yetkaziladi. Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, quyi bo‘g‘inda suv...

O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi

Yaponiyada tashkil etilgan EKSPO butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston paviloni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy mukofotga - «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi....

Yoshlarga 2+6 dasturi asosida til o‘rganish uchun subsidiya beriladi

Hududiga qarab to‘lovlar oyiga 812 ming so‘mgachani tashkil etadi hamda subsidiya yarim yil davomida beriladi. Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun...