Foydali manbalarTadbirkorlarEndi tadbirkorlar o‘zlariga tutash hududlardan ijara asosida mavsumiy foydalanishi mumkin bo‘ladi

Endi tadbirkorlar o‘zlariga tutash hududlardan ijara asosida mavsumiy foydalanishi mumkin bo‘ladi

Norasmiy faoliyat yuritayotgan obyektlar aniqlanib, xatlovdan o‘tkaziladi hamda ularning qonuniy faoliyati yoki hududning bo‘shatilishi ta’minlanadi.

Hukumat qarori bilan tadbirkorlarga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni soddalashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi.

2025-yilning 1-oktabridan tadbirkorlarga o‘ziga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash bo‘lgan, davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan yer uchastkalaridan mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun ijaraga beriladi. Bundan sog‘liqni saqlash, ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli yerlar mustasno.

Shu maqsadda o‘ziga tegishli bo‘lmagan yer uchastkasida norasmiy tarzda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganlar ro‘yxati quyidagi ikki bosqichda xatlovdan o‘tkaziladi:

  • barcha tuman (shahar) lardagi markaziy ko‘chalarda — 1-sentabrgacha;
  • qolgan ko‘chalarda — 1-oktabrgacha.

Bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda IIV bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.

Xatlov natijasida aniqlangan obyektlarning qonuniy faoliyat yuritishi yoki hududning bo‘shatilishi ta’minlanadi.

Joylashtirish sxemasiga muvofiq bo‘lgan tijorat faoliyati obyektlari “dizayn-kod»ga asosan loyihalar tasdiqlangunga qadar faoliyati qonuniylashtirilib, ijara shartnomasi tuzilgan obyektlarda har qanday qo‘shimcha qurilishlar, maydon, fasad va mavjud yengil konstruksiyalarning konstruktiv elementlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Aks holda obyektlar buziladi va yangi shartnoma tuzilmaydi.

Joriy yilning 1-oktabridan har yili 1-yanvargacha hokimlar qarori bilan kelgusi yil uchun aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarida tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi tasdiqlanadi.

Ijaraga beruvchi oluvchiga tegishli hududga tutash bo‘lgan yoki undan 5 metrdan ko‘p bo‘lmagan masofadagi bo‘sh maydonlarni auksion savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beradi. Ijara shartnomasi bir kalendar yil uchun tuziladi.

Berilgan yer uchastkalarining har bir kvadrat metri uchun shartnoma muddatidan qat’i nazar yer solig‘i stavkasining uch baravarigacha miqdorida ijara to‘lovi to‘lanadi. Ijara oluvchining zimmasiga vaqtinchalik obyektlarni tegishli hudud uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan “dizayn-kod»ga muvofiq o‘rnatish majburiyati yuklanadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...