Matbuot xizmatiYangiliklarJahon banki O‘zbekistonda kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish $200 mln kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonda kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish $200 mln kredit ajratadi

Mablag‘lar kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va mamlakat bo‘ylab elektr ta’minotini oshirishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.

Jahon banki O‘zbekistonga $150 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma’qulladi.

Mablag‘lar kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.

Loyiha xususiy sektor, jumladan, mahalliy kichik gidroelektr stansiyalari ishlab chiquvchilari va banklar ishtirokida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hukumati 3 mingga yaqin KGES qurilishiga sarmoya kiritishni va 2026-yilgacha ularning o‘rnatilgan quvvatini 160 MVtga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu 280 ming kishini qo‘shimcha elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan va O‘zbekiston Energetika vazirligi tomonidan 2025−2030-yillarda amalga oshiriladigan yangi loyiha ushbu maqsadga erishishga yordam beradi.

Loyiha 2030-yilga borib umumiy o‘rnatilgan quvvati 150 MVt gacha bo‘lgan KGES qurilishini moliyalashtirish imkonini beradi.

Ularda yiliga 520 gigavatt-soatdan ziyod ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, loyiha karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 430 ming tonnagacha qisqartirishga yordam beradi.

Hozirgi kunda loyiha doirasida mamlakatning turli hududlaridagi mavjud sug‘orish kanallarida KGES qurish uchun 270 ga yaqin qulay maydonlar oldindan aniqlangan. Ularning aksariyati (93%) 100 dan 1000 kVt gacha quvvat imkoniyatiga ega.

Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan KGESlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Hududiy elektr tarmoqlari tomonidan sotib olinadi.

U qayta tiklanadigan energiyaning ishonchli manbaiga aylanadi, energiya balansini diversifikatsiya qilish imkonini beradi, energiya bilan kam ta’minlangan hududlar va qishloq joylarda uy xo‘jaliklari va xususiy sektorning elektr ta’minotini yaxshilaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...