Matbuot xizmatiYangiliklarZiplayn va kanat parklari tashkil etuvchilarga subsidiyalar ajratiladi

Ziplayn va kanat parklari tashkil etuvchilarga subsidiyalar ajratiladi

Subsidiya miqdori kanat parkini tashkil etish uchun 80 mln so‘m, ziplaynlar uchun esa 100 mln so‘mni tashkil etadi. Qurilmalar joylashuv va o‘lcham mezonlariga javob berishi kerak.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekistonning tog‘li va cho‘l hududlarida ekstremal turizmni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini tasdiqlandi.

Ziplayn-attraksionlar va kanat parklari (tayparklar) ni tashkil etuvchilar ularni qurish xarajatlarining bir qismini Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilishlari mumkin bo‘ladi. Subsidiyalar 2025-yil 1-iyuldan 2027-yil 1-yanvargacha to‘lanadi.

Kanat parkini tashkil etish uchun to‘lov 80 mln so‘mni tashkil etadi, uning maydoni kamida 150 kvadrat metr bo‘lishi kerak. Uzunligi kamida 200 metr bo‘lgan ziplaynlar uchun subsidiya 100 mln so‘mga teng bo‘ladi.

To‘lovlarni olish uchun majmua muassisi Turizm qo‘mitasiga ariza topshirishi lozim. Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

  • kanat park yoki ziplayn uchun foydalaniladigan yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • majmua bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining nusxasi;
  • qabul qilish komissiyasining majmuani foydalanishga topshirish to‘g‘risidagi qaror nusxasi;
  • sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining majmuadan foydalanishga ruxsatnomasi;
  • zarur hollarda — taqdimot materiallari.

Ariza Turizm qo‘mitasi komissiyasi tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi, zarur hollarda muddat 20 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. Shundan so‘ng subsidiya ajratish yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda Qo‘mita mablag‘larni majmua muassisining xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisob raqamiga o‘tkazadi. To‘lov 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Agar rad etilsa, tadbirkor aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tegishli materiallarni ilova qilgan holda takroriy ariza berish uchun 14 ish kuni oladi. U 7 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...