Foydali manbalarTadbirkorlarTa’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi

Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi

O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni 9,4 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada 2025 yilning 1 may holatiga ta’lim sohasida 6 380 ta tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ushbu ko‘rsatkich yil boshiga nisbatan 550 taga ko‘payib, o‘sish sur’ati 109,4 foizni tashkil etdi.

Ularning hududlar kesimidagi soni quyidagicha taqsimlandi:

Toshkent shahri – 2 103 ta;
Farg‘ona viloyati – 560 ta;
Toshkent viloyati – 529 ta;
Samarqand viloyati – 528 ta;
Xorazm viloyati – 414 ta;
Namangan viloyati – 359 ta;
Surxondaryo viloyati – 353 ta;
Andijon viloyati – 296 ta;
Qashqadaryo viloyati – 258 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 237 ta;
Buxoro viloyati – 231 ta;
Navoiy viloyati – 216 ta;
Jizzax viloyati – 173 ta;
Sirdaryo viloyati – 123 tani tashkil etdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...