Matbuot xizmatiYangiliklar“Juda muhim qadam” — Fitch O‘zbekistondagi 3 davlat banki ulushining Franklin Templeton...

“Juda muhim qadam” — Fitch O‘zbekistondagi 3 davlat banki ulushining Franklin Templeton boshqaruviga o‘tkazilishi haqida

Bu orqali Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank hamda Xalq bankining aktivlari sifati va daromadliligi yaxshilanishi mumkin.

Fitch Ratings Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank va Xalq banki aksiyalari paketlarining Franklin Templeton boshqaruvidagi Milliy investitsiya jamg‘armasiga o‘tkazilishini ijobiy baholadi. Bu haqda 16-aprel kuni reyting agentligi konferensiyasida Fitch bank sektori direktori Pavel Kaptel ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot muxbiri. “Bizning nazarimizcha, bu banklarning operatsion samaradorligini sezilarli darajada yaxshilashga, korporativ risk-menejment sifatini kuchaytirishga olib kelishi kerak bo‘lgan juda muhim qadamdir. Oxir-oqibat, bu o‘rta muddatli istiqbolda ushbu banklarning aktivlari sifati va daromadliligi bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilanishiga olib keladi”, — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilning avgust oyida Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uning asosiy vazifalari sifatida boshqaruvidagi aktivlarning bozor qiymatini oshirish, ularni isloh qilish va xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish belgilangan.

Jamg‘armaning ustav kapitalini shakllantirish uchun quyidagi davlat korxonalarining aksiya paketlari berilishi belgilangan:

  • Biznesni rivojlantirish banki — 25%;
  • Mikrokreditbank (MKBank) — 40%;
  • Xalq banki — 30%;
  • Uzbekistan Airports — 25%;
  • Uzbekistan Airways — 25%;
  • Navoiyazot — 25%;
  • Milliy elektr tarmoqlari- 40%;
  • Hududiy elektr tarmoqlari — 40%;
  • Temiryo‘linfratuzilma — 25%;
  • Issiqlik elektr stansiyalari — 25%;
  • Toshshahartransxizmat — 25%;
  • O‘zbekgidroenergo — 20%;
  • O‘zbekinvest — 20%;
  • O‘zbekiston pochtasi (Uzpost) — 25%;
  • O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi — 40%;
  • O‘zbektelekom — 25%;
  • O‘zsuvta’minot — 40%;
  • Hududgazta’minot — 40%.

Fevral oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi Milliy investitsiya jamg‘armasining professional boshqaruvchisi sifatida Singapurning Franklin Templeton kompaniyasi — Franklin Templeton Asset Management FE LLC xoldingining sho‘ba korxonasi jalb etilganini ma’lum qilgandi.

2024-yilda ikkita davlat banki — Biznesni rivojlantirish banki (2,2 trln so‘m) va Mikrokreditbank (1,7 trln so‘m) yilni eng ko‘p zarar bilan yakunlagan banklar bo‘ldi. 22-yanvar kuni Markaziy bankda jurnalistlar bilan o‘tkazilgan media-muloqotda davlat banklari vakillari zararlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi.

Buning asosiy sabablari sifatida asosan yuridik shaxslarga berilgan muammoli kreditlar (NPL) keltirilgan. Natijada davlat banklari o‘z kapitali hisobidan zaxiralar yaratdilar — muddat o‘tishi qanchalik ko‘p bo‘lsa, zaxiralar bo‘yicha talab shunchalik yuqori bo‘ladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Xorijiy va xususiy OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish tartibi tasdiqlandi. Asosiylar

Endi xorijiy til va fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ham davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirishda hisobga olinadi. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar...

Yosh oilalar uchun ijara to‘lovlarini qoplash bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushdi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oy ijara to‘lovining 50%i qoplab beriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar uchun ijara...

Bolalarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident huzurida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi va takliflarni maʼqullandi. Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, shuningdek, yo‘l harakati...

O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan foydalanilishi mumkin

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi nazorat tadbirlarida bodi-kameralardan foydalanishni joriy etishi, xodimlari esa maxsus kiyimda xizmat olib borishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan...

Yoshlarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi

Barcha oliygohlarda Tadbirkorlik asoslari fani o‘qitiladi, karyera markazlari faoliyati baholanib, eng yaxshi 20 ta oliygohga 500 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi. 8-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev mamlakat oliy...

O‘zbekiston Rossiyaga ta’lim va ishga joylashtirish uchun onlayn platforma yaratishni taklif qildi

Shuningdek, prezident xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston orqali qo‘shni bozorlarga chiqish imkoniyatini taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan...