Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi

O‘zbekistonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi

Unda robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

O‘zbekistonda “Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi. Bu bo‘yicha 20-yanvar kuni prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan, yangi universitetning asosiy vazifalari belgilanmoqda. Xususan, oliygoh axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratishga qaratilgan. Unda robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Universitet raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi. O‘quv jarayoni xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etiladi.

Yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha sharoitlar yaratilib, davlat organlari, korxonalar hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrov kengaytiriladi.

o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda mamlakat va xorijiy OTM hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilinadi.

Shuningdek, tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish oliygov vazifasiga kiradi. Talabalar va mutaxassislar bilan esa fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.

2024-yilning oktabr oyida Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochildi. Joriy o‘quv yilida oliygohda xalqaro savdo va dasturiy muhandislik yo‘nalishida bakalavr bosqichi o‘qitiladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...