Matbuot xizmatiYangiliklar1-fevraldan kasbiy ta’limda “vaucher tizimi” joriy etiladi — Bandlik vaziri

1-fevraldan kasbiy ta’limda “vaucher tizimi” joriy etiladi — Bandlik vaziri

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari bilan tanishgani haqida xabar berilgandi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida 2025-yil uchun bandlik va aholini kambag‘allikdan chiqarish dasturi ishlab chiqilganini hamda unda “juda katta marralar” belgilanganini qayd etdi. Buning uchun ishchi guruhlar tuzilib, vazirlikda alohida bo‘lim tashkil etilgan.

Joriy yilda 5,2 mln aholini daromadli mehnatga jalb qilish hamda 1,5 mln odamni qashshoqlik chegarasidan chiqarish uchun yo‘nalishlar kesimida ishlar belgilandi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 496 ta kooperatsiya tashkil etilib, aholi yuqori daromadli ekinlar ekishga jalb qilinadi.

2025-yildan kasbiy ta’lim jarayoniga xususiy sektor jalb qilinadi. 1-fevraldan Toshkent va Samarqandda, 1-maydan esa qolgan hududlarda yangi tizim joriy etiladi. Unda kasbiy ta’lim infratuzilmalarini kafolatlangan moliyalashtirish tizimidan vaucher tizimiga o‘tkazish nazarda tutilgan. “Yangi tamoyil asosida ta’lim ortidan mablag‘ keladi. Bunda ta’lim oluvchilar vaucherlar orqali o‘zlari ma’qul topgan davlat yoki xususiy o‘quv yurtiga joylashishlari mumkin bo‘ladi. Moliyalashtirish esa ushbu ta’lim tashkilotlariga yo‘naltiriladi. Natijada, 220 ming shaxsni kasbiy ta’limga yo‘naltirish nazarda tutilgan”, — dedi vazir.

Shu bilan birga, 14ta hududda 28ta sanoat markazlari qurilishi, 3ta hududda parrandachilik klasterlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu orqali 230ta o‘rta quvvatga ega 50 ming boshli parrandachilik mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlari ishga tushiriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda OTMlarda dual ta‘limning yangi tizimi joriy etiladi

Prezident “Oliy ta‘limda dual ta‘lim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. Hujjatga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda...

Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularning yosh avlod tarbiyasidagi...

Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari...

Samarqand zafaridan jahon shaxmat markazi sari: Prezidentimiz chempionlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmat va parashaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoalari aʼzolari, ularning yaqinlari, ustoz va murabbiylari bilan uchrashdi. Davlatimiz rahbari shaxmatchilarimizni Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat...

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali...

Davlatimiz rahbari shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Qadrli o‘g‘il-qizlarim! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Dunyo shaxmat osmonida yorqin yulduz bo‘lib porlagan siz, aziz farzandlarimni 46-Jahon shaxmat olimpiadasida erishgan tarixiy g‘alabangiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ikki...