Foydali manbalarKutubxonaBill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob va birinchisi

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 4ta kitob va birinchisi

Microsoft asoschisi o‘z blogida yangi yil bayramida mutolaa qilish uchun o‘zi o‘qigan kitoblari ro‘yxatini taqdim etdi.

“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2024-yilda o‘qigan eng yaxshi 4ta kitobi ro‘yxatini e’lon qildi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, kitoblar jamlanmasi bizni o‘rab turgan dunyoni anglashga yordam beradi. Masalan, ro‘yxatdagi ikkita kitobda kelajak, jumladan, sun’iy intellekt rivoji va ulkan texnologik yutuqlar odamlarning yashash, o‘rganish va sevish hissini qanday o‘zgartirayotgani haqida so‘z boradi. “Yana bir kitob javoblarni o‘tmishdan axtaradi — ilgari yetakchilar qiyin davrlarni qanday yengib o‘tganliklari haqidagi tarix saboqlari ham tasalli beruvchi, ham qiziqtiruvchi. Ro‘yxatimdagi to‘rtinchi kitob esa bugungi kun haqida. U sizga har kuni bizni o‘rab turgan jamiyatning ajoyib, ko‘zga ko‘rinmas asosini qadrlashga undaydi”, — deb yozadi Geyts.

Shuningdek, u yilning mazkur mavsumi qancha kitob bo‘lsa-da ortiqcha qilmasligidan kelib chiqib, o‘quvchilarga bonus sifatida yana bitta kitobni tavsiya qildi.

“Tugallanmagan muhabbat qissasi”, Doris Kearns Gudvin

Men Doris kitoblarining katta muxlisiman, lekin uning yangi tarjimai holini o‘qimagunimcha shaxsiy hayoti haqida ko‘p narsa bilmasdim.

Kitob AQSh tarixidagi eng notinch davrlardan birida prezidentlar Kennedi va Jonsonga siyosat bo‘yicha maslahatchi va nutq yozuvchi bo‘lib ishlagan marhum eri va o‘zining hayotiga bag‘ishlangan. Doris shunday iste’dodli yozuvchiki, uning sevgi tarixi haqidagi boblari Kennedining o‘ldirilishi va Vetnam urushi haqidagi boblar kabi qiziqarli va ma’rifiydir.

bill geyts, kitoblar, kitoblar tavsiyasi

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Iman chocolate & fruits asoschisi Murodilla Alimbayev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Murodilla Alimbayev shaxsiy rivojlanish, tafakkurni kengaytirish va yetakchilik fazilatlarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi, tadbirkorni nafaqat ishbilarmon, balki barkamol inson sifatida shakllantiradigan kitoblarini Spot bilan bo‘lishdi. Murodilla Alimbayev —...

BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sabine Mahl tavsiya qilgan 5 ta kitob

Kitoblar orqali inson nafaqat bilim oladi, balki boshqa jamiyat, madaniyat va qarashlarni ham tushunishga o‘rganadi, deydi Sabine Mahl. BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori yetti yoshidan boshlab...

Ibrat farzandlari asoschisi Rustam Qoriyev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Rustam Qoriyev o‘z tajribasiga tayanib, shaxsiy va professional o‘sishiga hissa qo‘shgan — loyiha yuritish, shaxsiy rivojlanish va fikrlash doirasini kengaytirishga yordam beradigan kitoblar ro‘yxatini Spot bilan bo‘lishdi. Rustam...