Matbuot xizmatiYangiliklarXotin-qizlar tadbirkorlik bo‘yicha bepul o‘quv seminariga taklif etilmoqda

Xotin-qizlar tadbirkorlik bo‘yicha bepul o‘quv seminariga taklif etilmoqda

Seminar hududlardagi 10ta Ishga marhamat monomarkazlarida o‘tkazilib, xotin-qizlarga moliyaviy savodxonlik va elektron tijorat borasida bilim va ko‘nikma beriladi.

Bandlik vazirligi xotin-qizlar uchun tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv seminariga qabul boshlanganini e’lon qildi.

Unda o‘z biznesini boshlash va mamlakat bo‘ylab xaridorlarni topish istagida bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin. Dastur vazirlik, BMTTD, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Uzum Academy” tomonidan amalga oshirilmoqda hamda o‘z ichiga moliyaviy savodxonlik va elektron tijorat bo‘yicha bepul o‘quv seminarlarini qamrab oladi.

Seminarlar har bir hududdagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida quyidagi belgilangan muddatlarda tashkil etiladi:

  • 12−13 noyabr — Qarshi shahri;
  • 14−15 noyabr — Angor tumani;
  • 19−20 noyabr — Samarqand shahri;
  • 21−22 noyabr — Jizzax shahri;
  • 25−26 noyabr — Farg‘ona shahri;
  • 27−28 noyabr — Andijon shahri;
  • 29−30 noyabr — Namangan shahri;
  • 2−3 dekabr — Navoiy shahri;
  • 5−6 dekabr — Guliston shahri;
  • 9−10 dekabr — Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani.

O‘quv seminarida ishtirok etishni xohlovchi xotin-qizlar mazkur monomarkazlarga tashrif buyurishlari mumkin.

Bu kabi o‘quv-seminarlarni mamlakat bo‘ylab muntazam davom ettirish rejalashtirilgan. Uning doirasida 500 nafar xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Monomarkazlar manzillari va telefon raqamlari bilan havola orqali tanishish mumkin.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...