Matbuot xizmatiYangiliklarAyollarga beriladigan ayrim imtiyozli kreditlar

Ayollarga beriladigan ayrim imtiyozli kreditlar

Oʻzbekiston Respublikasida ayollarga bir qancha imtiyozli kreditlar mavjud. Quyida qonunchiligimizda ayollarga beriladigan qanday imtiyozli kreditlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Prezidentining 2024 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”giPQ-122-sonqaroriga muvofiq, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan uch yillik imtiyozli davr bilan yetti yil muddatga yillik 14 foiz stavkada jami 100 million AQSh dollari ekvivalentida, shundan AT «Xalq banki»ga 35 million AQSh dollari, «Biznesni rivojlantirish banki» ATBga 35 million AQSh dollari va «Mikrokreditbank»ATBga 30 million AQSh dollari miqdorida kredit resurslari ajratilishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, Savdo-sanoat palatasi, AT «Xalq banki», «Biznesni rivojlantirish banki» ATB va «Mikrokreditbank» ATBda:

tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish;

mahallalarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish;

xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish;

kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish;

loyihalar amalga oshirilishini kuzatib borish va ayol tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilishni nazarda tutuvchi xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratilishi belgilangan.

Toʻlov kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlar foizsiz taʼlim krediti olish imkoniyati mavjud.

Oʻzbekiston Prezidentining 2022 yil 18 iyuldagiPQ-323-sonqaroriga muvofiq, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti berilishi koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikadagi barcha oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida (OʻzR hududidagi xorijiy, davlat, nodavlat, oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari ularning filiallarida), shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha bakalavriat va magistraturaningkunduzgi, sirtqivakechkitaʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydigan barcha talabalarga taʼlim kreditlari ajratiladi. Talaba xotin-qizlar uchun foizsiz shartlarda kredit taqdim etiladi, hamda foiz toʻlovlari (13.5%) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”giPQ-5020-sonqaroriga asosan xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun hotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha kreditlar ajratilishi qoʻrsatilgan.

Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan  xotin-qizlarga beriladi:

•        Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi maʼqullangan dasturlar asosidagi oʻquv kurslari;

•        Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga oʻqitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat taʼlim muassasalarining kasbga oʻrgatish oʻquv kurslarining maxsus oʻqitish dasturlari.

Kreditlar bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi.

Ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi“Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”giPQ-285-sonqaroriga muvofiqogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi belgilandi.

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar toʻlovining:

  • 10 foizi Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlangʻich badal sifatida);
  • 90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.

Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...