Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston va OIIB loyihalar portfelini $4 mlrdga oshiradi

O‘zbekiston va OIIB loyihalar portfelini $4 mlrdga oshiradi

Mamlakatda yashil ma’lumotlar markazlari yaratiladi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan yiliga $100 mlnlik yashil sertifikatlar bozori shakllantiriladi.

Avvalroq 25-sentabr kuni Samarqand shahrida o‘tayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashining to‘qqizinchi yillik yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlagani haqida xabar berilgandi.

Unda kelgusi yillarda mamlakatda 18 gigavatt quyosh va shamol, 3 gigavatt gidro elektr stansiyalari, 5 gigavatt energiya jamlash sig‘imlari hamda $5 mlrdlik elektr tarmoqlarini ishga tushirish belgilangani, bu orqali yirik “yashil” ma’lumotlar markazlari yaratilishi qayd etildi.

Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan yiliga $100 mlnlik “yashil” sertifikatlar bozori shakllanadi, prezident bu xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishi bo‘lishiga ishonch bildirdi. “Qo‘shni mamlakatlar ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha katta loyihalarni boshlaganini qayd etish lozim. Kelgusi yillarda qayta tiklanuvchi energiya resurslariga boy Markaziy Osiyo jahon energetika bozorlariga „yashil“ energiya yetkazib beradigan yirik eksportchiga aylanishi uchun katta qadamlar tashlayapmiz. Bu borada Transkaspiy elektr tarmog‘ini barpo etish loyihasi katta salohiyatga ega ekanini alohida ta’kidlamoqchiman”, — dedi davlat rahbari.

Prezident Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshchiligida Markaziy Osiyoda “yashil” energiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirishni taklif qildi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo yirik infratuzilma loyihalariga talab ortib borayotgani, oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslari taqchilligi muammolari o‘tkir tus olayotgani ta’kidlandi. “O‘zbekiston bu borada o‘z strategiyasini ishlab chiqib, kelgusi besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25%ga oshirish orqali 15 mlrd kub metr suvni tejash bo‘yicha katta loyihalarni boshlagan. Lekin suv muammosini hal qilish butun mintaqa davlatlari va xalqaro moliya tashkilotlarining birgalikda ishlashini talab qiladi”, — dedi prezident.

Davlat rahbari Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Qo‘shni mamlakatlar ham bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi aytildi.

O‘zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda bank hissasini yuqori baholashi, mamlakatda infratuzilma, energetika, transport, suv ta’minoti va barqaror rivojlanish yo‘nalishida $3 mlrdlik 15ta loyiha amalga oshirilayotgani qayd etildi. “Mamnuniyat bilan aytishim kerakki, bular hisobidan O‘zbekiston bankning top-10ta hamkoridan biriga aylandi. Masalan, bank bilan Buxorodagi ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha $720 mlnlik loyiha qariyb 1,5 mln aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlaydi. Yoki “Buxoro-Xiva” temir yo‘lini elektrlashtirish loyihasini ishga tushirish Xivaga yiliga qo‘shimcha 1 mln turist jalb qilish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, davlat rahbari bank bilan $4 mlrdlik yangilangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...