Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston va Germaniya 9 mlrd yevrolik sarmoyaviy loyihalar ustida ishlamoqda

O‘zbekiston va Germaniya 9 mlrd yevrolik sarmoyaviy loyihalar ustida ishlamoqda

Qayd etilishicha, tomonlar 8ta shartnoma, jumladan migratsiya, transport va muhim foydali qazilmalar sohasida shartnomalar imzoladilar.

Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Samarqandda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 2023-yil uchun tovar ayirboshlash 1 mlrd yevrodan oshdi, joriy yil boshidan buyon nemis kompaniyalari O‘zbekistonga 800 mln yevroga yaqin sarmoya kiritdi.

“KfW” banki va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining moliyaviy-texnik ko‘mak loyihalariga yuqori baho berildi.

Joriy yil yozda Samarqand shahrida Ibn Sino va Genrix Shipperges nomidagi Tibbiyot fanlari oliy maktabi ochilgani ham mamnuniyat bilan qayd etildi. Uchrashuvda Sanoat va texnologiyalar bo‘yicha strategik sheriklik dasturi tayyorlangani qayd etildi. Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan umumiy qiymati qariyb 9 mlrd yevro bo‘lgan hamkorlik loyihalari ishlab chiqilmoqda.

Ular “yashil” energetika, kimyo sanoati, o‘ta muhim xomashyoni o‘zlashtirish, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi.

“Siemens Energy” kompaniyasi bilan mamlakatimiz hududlarida bug‘-gaz elektr stansiyalarini qurish, “Linde Group” kompaniyasi bilan “metanol oroli” barpo etish va “yashil” ammiak ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

“KfW-Ipex Bank” “Giga Fiber” ishtirokida qazib olish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladigan mis konini o‘zlashtirishga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, nasos tizimlarini mahalliylashtirish, qayta tiklanuvchi energetika, tibbiy buyumlar ishlab chiqarish, logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha bir qator yangi loyihalar mavjud.

Ushbu loyihalarni tezlashtirish va qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalarni rag‘batlantirishning samarali vositalarini joriy etishga kelishildi. Shavkat Mirziyoyev Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasining O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarini qayta yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

O‘zbekiston nemis modeli bo‘yicha dual ta’limga qiziqish bildirdi, Germaniyada qo‘shma fakultet va universitetlarning filiallarini ochish uchun sharoit yaratish taklifini bildirdi. Bundan tashqari, nemis tilini o‘qitishni kengaytirish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 8ta shartnoma imzolandi, jumladan:

  • migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;
  • “Yashil Markaziy Osiyo” tashabbusi doirasida suv resurslaridan barqaror foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo deklaratsiya;
  • o‘ta muhim minerallar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya;
  • transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • Parij bitimi doirasida iqlim o‘zgarishi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq maktab Canva‘dan uch yil bepul foydalanadi

Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi Canva kompaniyasi bilan grant kelishuvini imzoladi. O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq umumta‘lim maktablari Canva for Education platformasidan uch yil davomida bepul foydalanadi....

O‘zbekistonda yagona raqamli platforma joriy etiladi, takrorlanuvchi tizimlar taqiqlanadi

Platforma 2027-yil iyuligacha ishga tushirilishi, 2028-yil oxirigacha kamida 5 mingta ma‘muriy funksiyani raqamlashtirishi rejalashtirilgan. Prezidentning Raqamli hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha qarori qabul qilindi. Hujjat Lex.uz...

Ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga QQSning yarmi qaytariladi

Buning uchun tadbir yakunlanganidan so‘ng 3 oy ichida Turizm qo‘mitasiga murojaat qilish talab etiladi. O‘zbekistonda MICE (ishbilarmonlik) turizm tadbirlarini tashkil etgan tadbirkorlarga amalda to‘langan QQSning 50%i...

O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etiladi

Yangi tizim dastlab Toshkentda sinov tariqasida ishga tushiriladi, 2027-yildan esa barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish,...

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Yangi yo‘riqnoma tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar...

O‘zbekiston qish uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasini yaratadi

Shuningdek, mavsum davomida issiqlik elektr stansiyalariga 4,16 mln tonna ko‘mir yetkazib berilishi prognoz qilinmoqda. 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining...