Matbuot xizmatiYangiliklarMahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi va “Obod va xavfsiz mahalla” jamg‘armasini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining budjetidan moliyalashtirish to‘xtatiladi.

Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Navbahor” sanatoriysi dam olish maskani “Aloqabank”dan olingan kreditning qolgan qismini to‘lash majburiyati bilan birgalikda uyushmaga bepul beriladi.

Ikki oy mobaynida uyushmaga mahallalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan aholi murojaatlarini qabul qilish uchun Sall-markazni ochish topshirildi.

Uyushma huzurida media-markazi, press-klub hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimi xodimlari uchun o‘quv-uslubiy markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Uni shakllantirish manbalari:

  • har yili o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharidan tushadigan tushumlarning 10 foizi;
  • mahalla tizimi tashkilotlari sof foydasining 10 foizi;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
  • xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va boshqalar.

Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:

  • mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish;
  • obod va xavfsiz qo‘shnichilik tamoyilini amalga oshirish;
  • “Mahalla yettiligi” a’zolarini rag‘batlantirish va ularning malakasini oshirish va boshqalar.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...