Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston-Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasi $135 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 17-aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi arafasida Dushanbe O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya biznes-forumi o‘tkazildi.

Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 600dan ortiq vakillari, vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari va viloyat hokimliklari rahbarlari ishtirok etdi.

So‘nggi 8 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 3 barobarga oshib, 2023-yilda $750 mlnga yetdi, yil boshidan esa yana 40%ga oshdi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni $2 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Ikki davlat hududida 370dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. “Oybek-Fotexobod” chegara punkti va “Andarxon” savdo-logistika markazida savdo zonasini tashkil etish, Tojikistonning Zarafshon daryosida ikkita GES qurish kabi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.

Munosabatlarni rivojlantirishda metallurgiya va tog‘-kon sanoati, mineral-xom ashyo resurslarini o‘zlashtirish va qayta ishlash, shamol va quyosh energetikasini rivojlantirish, gidroenergetika, mashinasozlik va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, agrosanoat kompleksi va yengil sanoat kabi sohalar belgilab olindi.

Tojikiston Bosh vazirining o‘rinbosari Usmonali Usmonzoda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillarini faol hamkorlik qilishga, sheriklik aloqalarini o‘rnatishga chaqirdi. Tomonlar O‘zbekiston-Tojikiston sarmoyaviy kompaniyasining rolini ta’kidladi.

Mazkur kompaniya resurslaridan foydalanish uchun umumiy qiymati $135 mlnlik 14ta loyiha ro‘yxati shakllantirildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...