Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekiston fevral oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston fevral oyida oltin sotish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi

Qimmatbaho metalning eng yirik xaridorlari uchligiga Xitoy, Qozog‘iston va Hindiston kiradi.

Fevralda O‘zbekiston eng ko‘p oltin savdosi bo‘yicha dunyoda birinchi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (“World Gold Council”) xabar berdi.

Markaziy banklar tomonidan fevral oyida qimmatbaho metal xaridlarining sof hajmi 19 tonnani tashkil etib, natijada ketma-ket to‘qqiz oy o‘sish kuzatildi.

Kam sotib olish va yuqori sotish kombinatsiyasi tufayli regulyatorlarning global oltin-valyuta zaxiralarining o‘sishi yanvarga (45 tonna xarid qilingan) nisbatan 58%ga sekinlashdi.

Fevral oyida qimmatbaho metalning asosiy xaridori Xitoy bo‘ldi, mamlakat sotib olgan oltin hajmi 12 tonnani tashkil etadi. Undan keyingi ikkinchi o‘rinda 6 tonna bilan Qozog‘iston turibdi. Shuningdek, birinchi beshlikka Hindiston (6 tonna), Turkiya (4 tonna) va Singapur (2 tonna) ham kirdi.O‘zbekiston fevral oyida 12 tonna oltin sotgan, bu ko‘rsatkich Iordaniya savdosidan (4 tonna) 3 barobarga ko‘pdir.

2023-yil oxirida mamlakat qimmatbaho metall savdosi bo‘yicha Qozog‘istondan biroz ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Sof xaridlar bo‘yicha Xitoy yetakchilik qildi, undan keyin o‘rinlarni Polsha va Singapur egalladi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida O‘zbekiston xorijga $1,31 mlrdlik oltin sotgan, bu esa eksportning yarmini ta’minlagan.

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $2,37 mlrdga kamayib, $32,2 mlrdni tashkil etdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda yuzdan ortiq tadbirkor “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoyishi bilan bir guruh tadbirkorlar “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hujjatda qayd etilishicha, ular milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash,...

O‘zbekistondagi barcha oliygohlarda karyera markazlari majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 2027-yil 1-yanvardan boshlab barcha oliygohlarda karyera markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan...

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 2026-yilda xalqaro fan olimpiadalarida 220 ta medal qo‘lga kiritdi

2026-yil boshidan buyon o‘zbekistonlik o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida jami 220 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 35 tasi oltin, 81 tasi kumush va 104 tasi bronza...

Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,2 barobarga oshdi

2026-yil yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Tahlil qilinishicha, yarim yil ichida xorijlik talabalar...

Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt ekotizimini rivojlantirish boʻyicha erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident axborot agentligi axborot...

O‘zbekistonda chorvachilik sohasida subsidiyalar ajratiladi

“Chorvachilik tarmog‘i loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan davlat byudjeti...