Matbuot xizmatiYangiliklarO‘zbekistonda talabalar uchun har oylik stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi

O‘zbekistonda talabalar uchun har oylik stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil etiladi

“ ‘Mirzo Ulug‘bek vorislari’ tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra o‘quv kurslari quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:

  • axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlang‘ich);
  • matematik statistika;
  • algoritmlash asoslari;
  • maʼlumotlarni qayta ishlash;
  • dasturlash tillari (Phyton);
  • ingliz tili;
  • qaror qabul qilish asoslari.

O‘quv kurslari jamoa bo‘lib ishlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham tashkil etilishi mumkin. Birinchi o‘quv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.

Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi o‘quv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda o‘qish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi bo‘lmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu o‘quv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining o‘qishini mos va turdosh yo‘nalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga ko‘chiriladi.

O‘quv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar):

  • ushbu o‘quv kurslarida o‘qishi davomida BHMning to‘rt baravari (1 million 320 ming so‘m) miqdorida har oyda bir marotaba rag‘batlantirib boriladi;
  • Turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy o‘qish joyi bo‘lgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara to‘lovlarining bir qismi qoplab beriladi;
  • O‘qishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;
  • taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;
  • IT-park rezidentlari bo‘lgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;
  • O‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yo‘nalishi bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

May boshlarida hukumat qarori bilan “Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangandi.

Unga ko‘ra, oliygohlar har yili 15-sentabrga qadar joriy o‘quv yilida ijtimoiy ta’minot yordami uchun mablag‘ oluvchi talabalar soni hamda ularga to‘lanadigan ijtimoiy ta’minot yordami uchun mablag‘ miqdorini hisoblaydi va budjetdan zarur mablag‘lar ajratilishi yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga so‘rovnoma kiritadi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar sammiti 2027-yilda Özbekistonda ötkaziladi

11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot...

Qoraqalpoğistonda 100 ming gektar yaylovga dronlar uruğ sepadi

Hukumat qaroriga köra, 2026-yil 15-noyabrdan «Xalq banki» AT tomonidan «Uzagrostar xolding» kompaniyasi taʼsisçiligida «Bözatov agrostar» kompaniyasi taşkil etiladi. Kompaniyaning asosiy vazifasi yaylovlarni özlaştiriş, çorvaçilik loyihalarini...

Nurafshonda IT Park imtiyozlariga ega Kelajak texnologiyalari markazi tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika sanoati vakillari, tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi ma’lum qildi. Nurafshon shahrida “Kelajak texnologiyalari markazi” tashkil etiladi. Markaz korxonalariga...

Koreya universiteti O‘zbekistonda dron va samolyot ta’mirlovchi mutaxassislarini tayyorlamoqchi

Janubiy Koreyaning Hanseo universiteti O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sohalar bo‘yicha kasbiy ta’lim kurslarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi. Agentlik Koreya universiteti bilan o‘zaro...

O‘zbekistonda dronlar uchun yagona raqamli tizim yaratilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishni kengaytirish va uni tartibga solish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. Dronlar yordamida iqtisodiy...

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2029-yilgacha qanday rivojlanadi?

Markaziy bank boshqaruvi 4-noyabrdagi yig‘ilishida pul-kredit siyosatining 2027-yil va 2028−2029-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari konseptual loyihasini tasdiqladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Hujjatda iqtisodiy...