Matbuot xizmatiYangiliklarToshkentda 37,5 mln, Namanganda 13,9 mln so‘m: O‘zbekistonda aholining umumiy daromadlari qancha...

Toshkentda 37,5 mln, Namanganda 13,9 mln so‘m: O‘zbekistonda aholining umumiy daromadlari qancha bo‘lgan?

Davlat statistika agentligining ma’lumoti asosida 2022-yilda hududlarda aholining umumiy daromadlari ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

2022-yil yakunlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 634,8 trln so‘mni va nominal o‘sish ko‘rsatkichi 122,3 foizni tashkil etdi.

Bunda iste’mol narxlarining o‘zgarishi (narxlar o‘zgarishi omillari ta’siri) hisobiga o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholini umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 109,7 foizni tashkil etdi.

Foto: Review

Hududlar kesimida aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi quyidagi viloyatlarda o‘rtacha mamlakat darajasidan yuqori:

  • Toshkent shahrida — 37,5 mln so‘m;
  • Navoiy — 27,4 mln so‘m;
  • Buxoro — 21,4 mln so‘m;
  • Xorazm — 19,6 mln so‘m;
  • Toshkent — 18,1 mln so‘m.

Shu bilan birga, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng past ko‘rsatkichlari:

  • Qoraqalpog‘iston — 13,3 mln so‘m;
  • Farg‘ona — 13,6 mln so‘m;
  • Namangan — 13,9 mln so‘m.
Foto: Review

Shuningdek, hisobot davrida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi (nominal umumiy daromadlarining inflyatsiya indeksiga nisbati) 107,5 foizni tashkil etdi.

Bu 2021-yilning yanvar—dekabr oylaridagi xuddi shu ko‘rsatkichga (110,7 foiz) nisbatan 3,2 foizga pasayganligini ko‘rish mumkin.

Hududlar kesimida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sish holati o‘rganilganda, aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sish ko‘rsatkichi Xorazm (11,8 foiz) viloyatida kuzatildi.

Shu bilan birga, Sirdaryo (6 foiz), Buxoro (5,7 foiz) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston (5,2 foiz), Jizzax (3,2 foiz) va Toshkent (0,1 foiz) viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi o‘rtacha mamlakat darajasidan past ko‘rsatkichni tashkil etdi.

Qolaversa, Navoiy viloyatida (- 0,9 foiz) aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sish sur’atlari pasayish tendensiyasi qayd etildi.

Foto: Review

Bundan tashqari, aholining umumiy daromadlari tarkibi tahlil qilinganda, olingan umumiy daromadlarning:

  • 61,6 foizi mehnat faoliyatidan olingan daromadlar (yollanma va mustaqil band bo‘lishdan olingan daromadlar);
  • 29,8 foizi budjet transferti va boshqa o‘tkazmalardan olingan daromadlar;
  • 6,3 foizi shaxsiy iste’mol uchun o‘zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar;
  • 2,3 foizi mol-mulkdan olingan daromadlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, umumiy daromadlar tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning eng yuqori ulushi Navoiy (77,9 foiz), Toshkent (73,7 foiz) va Jizzax (73,5 foiz) viloyatlarida kuzatildi.

Aksincha Samarqand, Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida o‘rtacha mamlakat darajasidan past ko‘rsatkich kuzatildi.

O‘z navbatida aholining daromadlari tarkibi tarmoq va sohalar kesimida tahlil qilinganda, umumiy daromadlar tarkibida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlarning ulushi mamlakat bo‘yicha 56,9 foizni, bunda eng yuqori ulush Jizzax viloyatida (67,9 foiz) kuzatildi, eng past ulush esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida (50,9 foiz), Navoiy viloyati (49,8 foiz), Toshkent shahrida (47,3 foiz) qayd etildi.

Qolgan hududlarda ushbu ko‘rsatkich Buxoro (62,9 foiz), Namangan (60,5 foiz), Xorazm (60,2 foiz), Andijon (59 foiz), Qashqadaryo (59,6 foiz), Toshkent (59,5 foiz), Samarqand (59,1 foiz), Surxondaryo (59,1 foiz), Sirdaryo (58,9 foiz), Farg‘ona (57,3 foiz) viloyatlarida tashkil etdi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

34 nafar nomzod orasida birinchi: o‘zbekistonlik doktorantning xalqaro yutug‘i

Bugungi kunda dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga erishayotgan yosh vatandoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda. Ularning muvaffaqiyatlari nafaqat shaxsiy yutuq,...

Xorijiy va xususiy OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish tartibi tasdiqlandi. Asosiylar

Endi xorijiy til va fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ham davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirishda hisobga olinadi. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar...

Yosh oilalar uchun ijara to‘lovlarini qoplash bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushdi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oy ijara to‘lovining 50%i qoplab beriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar uchun ijara...

Bolalarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident huzurida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi va takliflarni maʼqullandi. Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, shuningdek, yo‘l harakati...

O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan foydalanilishi mumkin

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi nazorat tadbirlarida bodi-kameralardan foydalanishni joriy etishi, xodimlari esa maxsus kiyimda xizmat olib borishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan...

Yoshlarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi

Barcha oliygohlarda Tadbirkorlik asoslari fani o‘qitiladi, karyera markazlari faoliyati baholanib, eng yaxshi 20 ta oliygohga 500 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi. 8-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev mamlakat oliy...