Matbuot xizmatiYangiliklarOzodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi...

Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi zarur

Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Ma’lumki, demokratik va insonparvar g‘oyalarni oliy qadriyat darajasiga ko‘targan dunyodagi aksariyat davlatlarda o‘lim jazosi bekor qilingan. Chunki yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, unga bu huquqni davlat emas, Yaratganning o‘zi ato etgan.

“– Agar sizlar qo‘llab-quvvatlasangiz, Konstitutsiyamizga “O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi”, degan yana bir muhim normani kiritishni taklif qilaman, – dedi Prezident. – Shu tariqa biz bu o‘ta jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligimizni, insonparvarlik g‘oyalariga sodiq ekanimizni butun dunyoga yaqqol namoyon qilamiz.

Prezident Xalq qabulxonalariga kelayotgan ko‘plab murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, huquq-tartibot organlari tomonidan shaxs qo‘lga olinganda, u nima uchun ushlangani va qanday huquqlarga ega ekani tushuntirilmaydi.  Natijada gumon qilinuvchining huquqlari ushlangan dastlabki vaqtdayoq xavf ostida qoladi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida, ko‘plab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda aks etgan “Miranda qoidasi”ni qo‘llash lozimligi qayd etildi.

Ya’ni, shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shart. Davlatimiz rahbari ana shu qoidani Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yishning vaqt-soati kelganini ta’kidladi.

Bundan tashqari, “Xabeas korpus” institutini rivojlantirish zarur. Ya’ni, shaxs sudning qaroriga qadar ko‘pi bilan qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas.

Agar sud tomonidan shaxsni hibsga olish yoki unga nisbatan boshqacha turdagi ozodlikni cheklash haqida qaror belgilangan muddatda qabul qilinmasa, bunday shaxsni darhol ozod qilish kerak. Bu haqdagi muhim normani ham Asosiy qonunimizda aks ettirishimiz zarur.

Bunday qoidalar inson, uning hayoti, huquq va erkinliklari – oliy qadriyat degan yuksak tamoyilga har tomonlama mos keladi.

“– Esingizda bo‘lsa, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan marosimda yaqin qarindoshlari sudlangan, deb fuqarolarni ishga qabul qilmaslik yoki yuqori lavozimlarga tayinlamaslik bilan bog‘liq masalaga alohida to‘xtalgan edim. Bunday noma’qul yondashuv tufayli ko‘plab yoshlarimiz, malakali mutaxassislarimiz aybsiz aybdor bo‘lib, yaqin qarindoshlari sodir etgan qilmishlar uchun jabr tortib kelayotgan edi. Nima sababdan bir jinoyat uchun butun avlod javob berishi kerak? Otasining qilmishi uchun nega farzandlari yoki aka uchun uka javob berishi lozim? Bunday adolatsiz “tizim”dan endi butunlay voz kechamiz, – dedi Prezident. –Shu bois, Konstitutsiyamizga “Shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklashga asos bo‘lishi mumkin emas”, deb qat’iy yozib qo‘yishimiz kerak.

Shuningdek, “Ozodlikdan mahrum etilgan barcha shaxslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati ta’minlanishi shart”, degan norma ham Asosiy qonunimizda o‘z aksini topishi zarur. Biz jazo muddatini o‘tayotganlarni ham qayta tarbiyalab, ular sog‘lom hayotga qaytishi uchun barcha choralarni ko‘rishimiz lozim.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda biznes uchun kunduzgi elektr tarifi pasaytirilib, tungisi oshiriladi

Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil may oyida tasdiqlagan elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga...

Kredit uchun garov talabi yengillashtiriladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat banklarini mijozlar biznesini o‘stirish tamoyili asosida...

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni chiqaradi

Markaziy bank Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush esdalik tangalarini muomalaga chiqaradi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi. Tangalar Ikki tanga — bir...

O‘zbekistondagi har bir mahalla uchun “yashil xarita” ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev Yashil makon umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish va innovatsion yechimlarni joriy etish yuzasidan taqdimot bilan...

Innovatsion startaplar davlatdan 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ jalb qilishi mumkin. Shartlar

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvatlash sohasida islohotlar loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Loyiha startaplarni saralash va moliyalashtirish...

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...