Matbuot xizmatiYangiliklarInvestitsiyalar va eksportni ko‘paytirish, oziq-ovqat bozorini to‘ldirish vazifalari ko‘rib chiqildi

Investitsiyalar va eksportni ko‘paytirish, oziq-ovqat bozorini to‘ldirish vazifalari ko‘rib chiqildi

7-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tarmoq va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha joriy yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish borasida hukumat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 687 million dollar xorijiy investitsiya, shu jumladan, 615 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya o‘zlashtirilgan. Yil boshidan 506 ta loyiha doirasida umumiy qiymati 337 million dollar bo‘lgan quvvatlar ishga tushirilib, 7 mingta yangi ish o‘rni yaratilgan. 

O‘tgan ikki oyda tovar va xizmatlar eksporti hajmi 1,7 milliard dollardan ortib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 20 foiz oshgan. Xususan, mamlakatimiz korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari eksporti qariyb 2 baravar, elektrotexnika mahsulotlari eksporti 1,5 baravar, to‘qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 1,3 baravar o‘sgan.

Yig‘ilishda tarmoq va hududlar rahbarlariga investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish, tovarlarni eksportga yetkazishda logistika masalalarini tezkor hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlatimiz rahbari ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash masalalalariga alohida to‘xtaldi.

Joriy yilning ikki oyida inflyatsiya darajasi 1,38 foizni tashkil etgani, bu 2021-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan (1,7 foiz) pastligi qayd etildi.

Ayni paytda global bozorlardagi narxlarning keskin tebranishini hisobga olib, mutasaddi idoralar va hududlar rahbarlariga ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash, eng avvalo, aholini yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.   

Prezident tomorqa xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularda ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun aholiga qo‘shimcha 80 ming gektar yer maydonlari ajratish borasidagi ishlarga tanqidiy baho berdi.

Shuningdek, meva-sabzavotchilik uchun ajratilgan 2 trillion so‘m davlat mablag‘larining natijadorligini oshirish, ularni o‘zlashtirishni tezlashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Hududlar rahbarlariga oziq-ovqat bozoriga mahsulotlarni uzluksiz yetkazish, buning uchun zarur zaxiralarni shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Xorijiy va xususiy OTMlaridan o‘qishni ko‘chirish tartibi tasdiqlandi. Asosiylar

Endi xorijiy til va fanlar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ham davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirishda hisobga olinadi. Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar...

Yosh oilalar uchun ijara to‘lovlarini qoplash bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushdi

Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oy ijara to‘lovining 50%i qoplab beriladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar uchun ijara...

Bolalarga transport vositasini boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Prezident huzurida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi va takliflarni maʼqullandi. Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilish, shuningdek, yo‘l harakati...

O‘zbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan foydalanilishi mumkin

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi nazorat tadbirlarida bodi-kameralardan foydalanishni joriy etishi, xodimlari esa maxsus kiyimda xizmat olib borishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlar faoliyatini tekshirishda bodi-kameralardan...

Yoshlarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi

Barcha oliygohlarda Tadbirkorlik asoslari fani o‘qitiladi, karyera markazlari faoliyati baholanib, eng yaxshi 20 ta oliygohga 500 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi. 8-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev mamlakat oliy...

O‘zbekiston Rossiyaga ta’lim va ishga joylashtirish uchun onlayn platforma yaratishni taklif qildi

Shuningdek, prezident xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston orqali qo‘shni bozorlarga chiqish imkoniyatini taklif etdi. Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi nutqida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan...