Qozog‘istonning ikki markaziy gazetasi sahifalarida Shavkat Mirziyoyevning intervyusi chop etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi arafasida ushbu mamlakat markaziy gazetalari — “Егемен Қазақстан” va “Казахстанская правда” sahifalarida davlatimiz rahbarining katta intervyusi chop etildi.
Keltirilishicha, mazkur intervyu bugungi O‘zbekiston taraqqiyoti, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka bag‘ishlangan.