Foydali manbalarKutubxona125 yillikning eng yaxshi 5 kitobi bilan tanishing

125 yillikning eng yaxshi 5 kitobi bilan tanishing

“New York Times” nashri dunyoning 68 ta mamlakatida yashovchi 200 mingta kitobxon orasida soʻrovnoma oʻtkazdi va soʻnggi 125 yillikning eng yaxshi beshta kitobini tanlab oldi. Gʻoliblar reytingi bilan tanishing:

1. “Mazaxchini oʻldirish” (1960), Xarper Li

Amerika klassikasiga aylangan bestseller AQSh janubidagi kichik shaharcha hayotidan hikoya qiladi. Attikus Finch ismli advokat oq tanli ayolga nisbatan jinsiy zoʻravonlikda ayblangan afroamerikalikni sudda himoya qilish vazifasini oʻz boʻyniga oladi.

Adiba 1961-yilda ushbu asar uchun Pulitser mukofotini olgan, asar qora tanli odamlarning huquqlari uchun kurashish timsoliga aylangan. Mazkur kitob Amerikadagi oʻrta maktablarning 80 foizida taʼlim dasturiga kiritilgan.

2. “Uzuk birodarligi” (1954), Jon Ronald Ruel Tolkin

Xobbit Frodo sarguzashtlari haqida hikoya qiluvchi asar “Uzuklar hukmdori” trilogiyasining birinchi qismi hisoblanadi. Frodo katta qudratga ega boʻlgan qadimiy uzukni yoʻq qilish uchun uzoq va xavfli sayohatga yoʻl oladi. 2001-yili ushbu asar asosida shu nomdagi film suratga olingan.

3. «1984» (1949), Jorj Oruell

Jorj Oruell tomonidan yozilgan “1984” antiutopik asari hayotning har bir jabhasi qudratli partiya tomonidan boshqariladigan dunyo haqida hikoya qiladi. XX asrning oʻrtalarida yozilgan mazkur asar soʻnggi yillar ichida har doimgidan-da mashhur boʻlib ketdi. Unda totalitarizmning dahshatli koʻrinishi aks ettirib berilgan.

4. “Yolgʻizlikning yuz yili” (1967), Gabriel Garsia Markes

Gabriel Garsia Markes tomonidan yozilgan “Yolgʻizlikning yuz yili” asari adabiyotdagi realizm yoʻnalishining eng mashhur namunalaridan biridir. Kitob 20 ta bobdan iborat boʻlib, katta oila hayoti haqida hikoya qiladi.

5. “Suyukli” (1987), Toni Morrison

Amerikalik yozuvchi Toni Morisson tomonidan yozilgan ilk roman nashr etilishi bilanoq haqiqiy bestsellerga aylangan. Asarning bosh qahramoni qora tanli qochoq qul ayol 2 yoshlik qizini qullikdan qutqarish uchun uni oʻldirishga majbur boʻladi. Oradan yillar oʻtib bosh qahramonning uyiga bolakayning arvohi joylashib oladi. Asar 1988-yilda Pulitser mukofotga munosib deb topilgan.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

Lokals marketing agentligi asoschisi Farhod Norbayev tavsiya qilgan 5 ta kitob

Farhod Norbayev, Lokals asoschisi. To‘g‘risini aytsam, hech qachon kitobxon bo‘lmaganman. Badiiy adabiyot menga doim zerikarli tuyulardi — kitobni ochishim bilan uxlab qolardim. Muntazam mutolaa qilishni taxminan 21−22...

Stanbase startap platformasi asoschisi Umed Rahimov tavsiya qilgan 6 ta kitob

Umed Rahimov — Stanbase.tech platformasi rahbari va asoschisi, tadbirkor. Platforma Markaziy Osiyo hamda Kavkazdagi startaplarni investorlar bilan bog‘lab, asoschilarga sarmoya jalb qilish, investorlarga esa istiqbolli loyihalarni...

Tirikchilik asoschisi va Troll.uz muallifi Umid Gafurov tavsiya qilgan 5 ta kitob

To‘plamdan hokimiyat, tadbirkorlik va dunyoga pragmatik nigoh bilan qarash haqidagi kitoblar o‘rin olgan — Mark Tven klassikasidan startapchilar uchun mashhur qo‘llanmalargacha. Umid Gafurov — dastlab anonim ko‘ngilochar loyiha...