Matbuot xizmatiYangiliklar“2030-yilgacha O‘zbekistonda asfaltlanmagan yo‘l qolmaydi” — Transport vaziri

“2030-yilgacha O‘zbekistonda asfaltlanmagan yo‘l qolmaydi” — Transport vaziri

Hozirda tuproq yo‘llarning 70%i shag‘al yoki asfalt bilan qoplangan. Qolgan 30%ini esa ikki yil ichida shag‘al bilan qoplash rejalashtirilgan.

O‘zbekiston mahallalaridagi barcha yo‘llarni 2030-yilgacha asfaltlash rejalashtirilgan. Bu haqda 11-iyul kuni Hukumat soati’da transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.

O‘zbekiston XDP fraksiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Anvarxon Temirov vazirdan mahalla va aholi punktlaridagi yo‘llar holati haqida savol bilan yuzlanib, kuz-qish mavsumida yo‘llarning qoniqarsiz holatidan fuqarolarning shikoyatlari ko‘payishini qayd etdi.

Shuningdek, deputat ichki yo‘llarni mahalliy hokimliklar balansiga o‘tkazish bilan bog‘liq xavotirlarini bildirdi. Anvarxon Temirov yo‘l infratuzilmasini saqlash uchun yetarli mablag‘lari bor-yo‘qligi bilan qiziqib, boshqa jamg‘armalar mablag‘larini hisobga olmaganda, har bir tumanga 4 mlrd so‘mdan ajratilayotganini ta’kidladi.

Transport vaziri bu borada aniq dastur borligiga ishontirdi. Mahkamovga ko‘ra, 4 mlrd so‘mdan tashqari, mahalliy hokimliklar uchun yo‘llarni ta’mirlashga budjetdan mablag‘ ajratishning alohida parametrlari belgilanadi.

“2030-yilgacha asfaltlanmagan ichki yo‘llar qolmaydi. Bizda aniq dastur”, — dedi Ilhom Mahkamov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tuproq yo‘llarning 70%i shag‘al yoki asfalt bilan qoplangan. Qolgan 30% tuproq yo‘llar kelgusi ikki yilda shag‘al bilan qoplanadi. “2030-yilgacha yurib bo‘lmaydigan aholi punkti qolmaydi”, — dedi vazir Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda qo‘yilgan vazifaning ulkanligini ta’kidlab.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...