Matbuot xizmatiYangiliklar2026-yildan fermer va dehqonlar uchun QQS bekor qilinadi

2026-yildan fermer va dehqonlar uchun QQS bekor qilinadi

Imtiyoz paxta va g‘alladan tashqari sotilgan meva-sabzavot, go‘sht, sut, tuxum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tatbiq etiladi.

Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi yillarda bu soha tarkibiy jihatdan isloh qilinib, samaradorlikni oshirish choralari ko‘rildi. Paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun ajratildi. 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etildi. $1 mlrdlik 1 500 ta oziq-ovqat loyihasi ishga tushirildi.

Lekin qishloq xo‘jaligida hamon yashirin iqtisodiyot ulushi yuqori ekanligi qayd etildi. Yetishtirilgan mahsulotning hammasi ham hisobotlarda qayd etilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i 12% ni tashkil etmoqda

Mazkur masala prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ham ko‘tarilgan edi. Davlat rahbari bu borada dehqon va fermerlarga qulaylik yaratish, soliq yukini yengillashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma bergandi.

Shunga muvofiq, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, malakali xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirokida qishloq xo‘jaligini “soya»dan chiqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab, qishloq xo‘jaligi korxonalari dehqon va fermerlarga o‘zi yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotini (g‘alla va paxtadan tashqari) sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i nol stavkada bo‘ladi.

Shu bilan birga, mahsulotni yetishtirishda urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i, transport, elektr kabi xarajatlar uchun hisobga olingan QQSni qaytarib berish amaliyoti ham saqlanib qoladi. Natijada fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 mlrd so‘m mablag‘ qoladi, yana 400 mlrd so‘mlik soliqni qaytarib olish imkoniyati bo‘ladi.

Bu yengilliklar soha vakillarining shaffof ishlashiga turtki berishi, joylarda yirik sanoatlashgan plantatsiyalar va qayta ishlash korxonalarining ko‘payishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Mutasaddilarga bu yangi tizimni dehqon va fermerlarga tushuntirib, samarali yo‘lga qo‘yish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yagona raqamli platformasi joriy etiladi

Yangi tizim dastlab Toshkentda sinov tariqasida ishga tushiriladi, 2027-yildan esa barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasini joriy etish,...

Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning yangi talablari tasdiqlandi

Yangi yo‘riqnoma tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularning markirovkasiga qo‘yiladigan yagona talablarni belgilaydi. Tibbiy jihozlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar...

O‘zbekiston qish uchun 120 ming tonna avtobenzin zaxirasini yaratadi

Shuningdek, mavsum davomida issiqlik elektr stansiyalariga 4,16 mln tonna ko‘mir yetkazib berilishi prognoz qilinmoqda. 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev neft-gaz tarmog‘ida navbatdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining...

Baliqchilik xo‘jaliklariga yangi subsidiyalar beriladi, suv obyektlari esa auksionga chiqariladi

Baliqchilikni rivojlantirish markazi tashkil etilib, tadbirkorlarga quyosh panellari, uskunalar va naslli baliq importi uchun subsidiya hamda kompensatsiyalar ajratiladi. Prezidentning baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi...

15 yillik stajga ega tibbiyot xodimlariga ipoteka krediti uchun subsidiya beriladi

Har chorak 125 nafar xodim onlayn tanlov asosida tanlab olinib, ularga boshlang‘ich to‘lov uchun mablag‘ ajratiladi. Shuningdek, xodimlar farzandlarining kontrakt to‘lovi ham qoplab beriladi. 12-iyun...

O‘zbekistonda 10 ming yoshga noutbuk xarid qilish xarajatining yarmi qaytarib beriladi

Shuningdek, IT yo‘nalishidagi talabalar uchun yangi stipendiyalar, dual ta‘lim va kompyuter xaridini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi. Avvalroq prezident yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. Raqamli hukumat markazida birinchi...