Matbuot xizmatiYangiliklar2026-yildan davlat xaridlari bo‘yicha takliflar faqat elektron baholanadi

2026-yildan davlat xaridlari bo‘yicha takliflar faqat elektron baholanadi

Shuningdek, ayrim savdolarda faqat bitta tadbirkor ishtirok etsa, ayrim holatlarda ular o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

Avvalroq prezidentning davlat xaridlarida raqobat va shaffoflikni ta‘minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yildan davlat buyurtmachilarining xarid rejalari eʼlon qilinganidan keyin ushbu maʼlumotlar avtomatik ravishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga elektron xabarnoma tarzida yuboriladi.

Budjet buyurtmachilari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan mahalliy auksion savdolarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. Bunda savdolar boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan elektron auksion tartib-taomillari asosida ikki ish kuni muddatda eʼlon joylashtirish orqali shartnoma qiymati bilan bog‘liq cheklovlarsiz o‘tkaziladi.

Mahalliylashtirish darajasi 30% va undan yuqori bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar bilan budjet buyurtmachilari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar doirasida yetkazib beriladigan tovarlar uchun boj to‘lovlarini to‘lashga ruxsat beriladi.

Bunda boj to‘lovlari mahalliylashtirish darajasiga mutanosib hisoblanadi va ular miqdori korxonaning jami aktivlaridan oshmasligi shart.

Boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksionda bitta tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan taqdirda, auksion o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

Agar eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida bitta tadbirkorlik subyekti ishtirok etsa, davlat buyurtmachisi xarid tartib-taomillari va mezonlarni o‘zgartirmasdan savdolarni qayta eʼlon qiladi.

Takroriy savdolarda ham yagona ishtirokchi o‘sha tadbirkorlik subyekti bo‘lgan taqdirda, bunday savdolar o‘tkazilgan deb hisoblanadi.

Ushbu tartib “Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun da belgilangan talablarga mos kelmaydigan va taklifni tegishli tarzda rasmiylashtirmagan eng yaxshi takliflarni tanlash ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Kelgusi yil 1-iyuldan davlat xaridlariga oid takliflarni davlat xaridlari elektron tizimi orqali faqat elektron shaklda baholash joriy etiladi.

Davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlarni qabul qiluvchi shaxslarga ishonchnomalar davlat xaridlari elektron tizimi orqali elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston noyabr oyida dunyodagi eng yirik oltin xaridorlari uchligiga kirdi

Markaziy bank bir oyda 10 tonna oltin sotib oldi, biroq yil boshidan buyon sotib olish hajmi bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda qolmoqda. Noyabr oyida O‘zbekiston dunyodagi...

O‘zbekistonda 2027-yili birinchi islomiy bank xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi

2030-yilgacha mamlakatda islomiy moliyaning huquqiy asoslari yaratilib, kamida uchta bankda islomiy mahsulotlar joriy etiladi. 2030-yilga borib O‘zbekistondagi uchta bankda islomiy moliya xizmatlari paydo bo‘ladi. Bu haqda...

O‘zbekistonda xorijiy talabalar soni yil boshidan 1,5 baravarga oshdi

Talabalar soni bo‘yicha Hindiston ancha oldinda, undan keyin Turkmaniston va Tojikiston turibdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-noyabr oylari davomida O‘zbekistonga ta‘lim olish maqsadida 37,2 ming...

Davlat budjeti daromadlari prognozini shakllantirish va tasdiqlash mexanizmi belgilandi

Prognozlar Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Davlat budjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibi belgilandi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, 2026-moliya yilida davlat budjeti daromadlarining choraklik...

O‘zbekistonda 5 mln sunʼiy intellekt yetakchilari tayyorlanadi

Loyiha doirasida har yili eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkaziladi. Hukumatning yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali...

2026-yilda O‘zbekistonda imtiyozli ipoteka krediti 15% ga oshiriladi

Uy-joy sotib olishda boshlang‘ich to‘lov va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 2,7 trln so‘m subsidiya beriladi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi...