Matbuot xizmatiYangiliklar1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga oshiriladi?

1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga oshiriladi?

Xususan, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 920 ming so‘mni, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosiga beriladigan pensiya miqdori esa 745 ming so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq prezidentning ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risidagi farmoni imzolangani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan, joriy yilning 1-sentabridan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 428 ming so‘m, yoshga doir eng kam pensiya miqdori 834 ming so‘m hamda nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori 920 ming so‘mni tashkil etishi belgilandi.

Pensiya jamg‘armasi fuqarolarga to‘lanadigan boshqa pensiya va nafaqalarga oid ma’lumotlarni taqdim etdi. Ular bilan quyida tanishish mumkin:

  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 920 ming so‘m;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 ming so‘mdan) 920 ming so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori — oyiga 920 ming so‘m.
  • ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 745 ming so‘m.
  • Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori oyiga 745 ming so‘m etib belgilandi. Keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun 244 ming so‘mdan to‘lanadi.

Shuningdek, 1941−1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda oyiga 4 mln 56 ming so‘mga yetkazildi.

Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham nafaqalarning yangi miqdorlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 1-sentabrdan boshlab nafaqalarning yangi miqdorlari quyidagicha oshiriladi:

  • yoshga doir nafaqalar — 745 ming so‘mga;
  • I guruh nogironlik nafaqasi oyiga — 1 mln 27 ming so‘mga;
  • II guruh nogironlik nafaqasi — 920 ming so‘mga;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi miqdori — 745 ming so‘mga.
  • nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar nafaqasi — 920 minig so‘mga.
  • Sentabrdan boshlab parvarishlash nafaqasi 745 ming so‘mni, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“suyunchi puli”) 811 965 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, dafn marosimi nafaqasi esa amaldagi 1 mln 488 ming so‘mdan 1 mln 712 ming so‘mga oshiriladi.

O‘zbekistonda oxirgi marotaba 2023-yilning 1-dekabridan ish haqi, pensiya va nafaqa miqdorlari oshirilgan. 2024-yilning o‘tgan davrida esa bu amalga oshirilmagandi.

Joriy yilning 1-mayidan pensiyaning eng kam miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari miqdoriga — 648 ming so‘mga yetkazildi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Bandlik, xorijiy tillar, soliqdan imtiyoz: Yangi O‘zbekiston yoshlari-2030 strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Har yili 10 mingta yosh oilaga imtiyozli ipoteka krediti, o‘quv markaz ochishga foizsiz qarz hamda davlat xizmatlarida chegirmalar beriladi. Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030...

Tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar cheklanadi

1-iyuldan Yagona davlat nazorati tizimi yangilanib, unda nazoratchilarni baholash va noqonuniy tekshiruvlar haqida xabardor qilish mumkin bo‘ladi. 17-aprel kuni prezidentning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash...

Tadbirkorlarga xorijiy turistlarni jalb qilish xarajatlarining 25%igacha qismi qoplab beriladi

Mamlakatdagi 839 ta madaniyat markazini bosqichma-bosqich transformatsiya qilish hamda ular faoliyatiga xususiy sektorni jalb qilish taklif qilinmoqda. 16-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan...

1-oktabrdan biznes jarimaning 50%ini bir oyda to‘lasa, qolganidan ozod etiladi

2027-yilda jarimalar to‘g‘risidagi qarorlar reyestri ishga tushirilishi, shuningdek, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida ular ustidan shikoyat qilish imkoniyati yaratiladi. Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni moliyaviy jarimalarni qo‘llash...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari yosh grossmeysterimizni O‘zbekiston shaxmat tarixida birinchi marta...

O‘zbekistonda 3 mingga yaqin korxona jarimalardan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga jarimalarni bir oy muddatda to‘lagan taqdirda 50% lik chegirma berish taklifini ma’qulladi. Avvalroq Spot Shavkat Mirziyoyev 13-aprel kuni tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni...