Matbuot xizmatiYangiliklar1-iyuldan ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

1-iyuldan ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

Bunda ichki aviaparvozlar uchun ro‘yxatdan o‘tishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalanish mumkin bo‘ladi.

1-iyuldan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida ichki reyslar uchun yangi tartib joriy etiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar ichki aviaparvozlar uchun aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron variantidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishdan oldin yo‘lovchi Yagona portal sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, shaxsiy ma’lumotlar sahifasiga o‘tadi va elektron shaklda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tish joyidagi xodimga ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, faqat Yagona portal sayti/mobil ilovasi yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi joriy ma’lumotlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

Shuning uchun ro‘yxatdan o‘tish paytida shu kabi hujjatlarning nusxalari, fotosuratlari, pasport/IDning skanerlangan variantlari yoki shaxsiy ma’lumotlar bo‘lgan veb-sayt sahifasining “skrinshot»lari qabul qilinmaydi.

O‘tgan yilning dekabrida qabul qilingan hukumat qarorida 1-iyuldan O‘zbekistonda fuqarolik pasporti va boshqa hujjatlarning elektron nusxasi ham rasmiy kuchga ega bo‘lishi belgilab berilgandi.

“Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida belgilangan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Yagona portal (my.gov.uz) va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratilib, ular O‘zbekiston hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.

Bu ro‘yxatda quyidagi hujjatlar mavjud:

  • Biometrik pasport;
  • ID-karta;
  • Haydovchilik guvohnomasi;
  • Tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
  • Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma;
  • Nikohdan ajralganlik haqida guvohnoma;
  • Avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
  • Pensiya (nafaqa) guvohnomasi;
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash guvohnomasi (ID-kartasi);
  • Nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • Avtomobilning majburiy sug‘urtasi (fuqarolik javobgarligi) bo‘yicha sug‘urta polisi;
  • Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar va professional ta’lim olganlik to‘g‘risidagi rasmiy hujjat;
  • Talabalik guvohnomasi;
  • YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • Turar joy obyektlarining kadastr pasporti;
  • Avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma.
  • Bunda mazkur hujjatlarning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda talab etilmaydi.

Shu bilan birga, davlat, korporativ va boshqa xizmatlar, jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda ularni so‘rashga yo‘l qo‘yilmaydi.

2024-yilning may oyida Personallashtirish agentligining ma’lumotlar bazasida jismoniy shaxsni “Face ID” orqali identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi. Davlat xizmatlari markazlari hamda notarial idoralarda Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o‘tish bepul amalga oshiriladi.

Joriy yildan Aholining yagona elektron reyestri joriy etilishi belgilangan. U o‘z ichiga jismoniy shaxslarning fuqarolik holati va shaxsiga doir ma’lumotlarni oladi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

“Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumi o‘tkaziladi

“Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Farmon bilan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi...

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun mamlakat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar 5-avgustgacha qabul qilinadi. 15-iyuldan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza yuborish boshlandi....

Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi

Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirilib, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik,...

“2030-yilgacha O‘zbekistonda asfaltlanmagan yo‘l qolmaydi” — Transport vaziri

Hozirda tuproq yo‘llarning 70%i shag‘al yoki asfalt bilan qoplangan. Qolgan 30%ini esa ikki yil ichida shag‘al bilan qoplash rejalashtirilgan. O‘zbekiston mahallalaridagi barcha yo‘llarni 2030-yilgacha asfaltlash...

Ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshirish boshlandi

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Arizalarni 10-avgustgacha onlayn jo‘natish mumkin. Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn...

O‘zbekistonda avariyalarni kamaytirish bo‘yicha Xavfsiz yo‘l milliy dasturi amalga oshiriladi

Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda respublika jamg‘armasi qayta tashkil etilib, hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. O‘zbekistonda avariyalarni kamaytirish bo‘yicha Xavfsiz yo‘l milliy dasturi amalga oshiriladi. Bu haqda 9-iyul kuni...