LoyihalarBiznes marafonđŸ”„Chegaralarsiz Biznes: Ilhom, Tajriba va Yangi Imkoniyatlar!

đŸ”„Chegaralarsiz Biznes: Ilhom, Tajriba va Yangi Imkoniyatlar!

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida 2025-yil 15 may kuni xalqaro miqyosdagi muhim tadbirlardan biri — “Xalqaro biznes marafon” muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

⭐ Ushbu tadbirda nafaqat mamlakatimizning muvaffaqiyatga erishgan va professional tadbirkorlari hamda 350 nafardan oshiq yoshlar, balki 20 nafardan oshiq xorijlik kuchli biznesmen-mutaxassislar ham ishtirok etishdi.

âșTadbir davomida:
‱ global biznes tendensiyalari,
‱ innovatsion yondashuvlar,
‱ xalqaro bozorga chiqish strategiyalari,
‱ startaplarni qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy muvaffaqiyat sirlari muhokama qilindi.

đŸ‘€Marafon davomida yoshlar va biznes vakillari o‘rtasida savol-javob formatidagi muloqot ham tashkil etildi. Bu esa ularga nafaqat bilim va tajriba almashish, balki yangi g‘oya hamda takliflarni ilgari surish imkonini yaratdi.

💬Tadbir yakunida hamkor tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash hamda yoshlar tadbirkorligi uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida memorandum imzolandi.

«Xalqaro biznes marafon»ga oid barcha suratlarni quyidagi havola ko’rishingiz mumkin…

👉 https://postimg.cc/gallery/fZ3CW38

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30% chegirma beriladi

17-sentabrdagi hukumat qarori bilan pedagoglarning davlat OTMlarida tahsil olayotgan farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga chegirma berish tartibi tasdiqlandi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida o‘qiyotgan...

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi

Joriy yilning sakkiz oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 5,8% dan 3,9% gacha kamaydi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 2026-yil uchun...

Hamshiralar va tibbiyot og‘alari hamda oilaviy shifokorlarga yangi ustamalar belgilandi

O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy maqomi va malakasini oshirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot Telegram-kanali xabar berdi. 2027/2028-o‘quv yilidan tibbiyot va...

Amir Temur xiyoboni yaqinida $400 mlnga biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda

Saida Mirziyoyeva Toshkentda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik arxitektura loyihalari tashabbuskorlari bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida yozgandi. Unda ixtisoslashgan studiyalar va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari, shuningdek, mustaqil ekspertlar...

“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev

Avvalroq prezident raisligida Toshkentni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va bandlikni oshirish hamda mahallalarda infratuzilmani yaxshilash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Prezident o‘z nutqida mamlakatda...

Talabalar shaharchasida xavfsiz muhit va raqamli boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligida tashkil etilgan vaziyatlar markazi faoliyati bilan tanishdi. Yurt taraqqiyoti va uning kelajagi ilm-fanga intiluvchan, bilimli va...