Matbuot xizmatiYangiliklarMeva-sabzavotchilikni kreditlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

Meva-sabzavotchilikni kreditlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

Prezident ko‘rsatmasiga binoan sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklar himoyasi hamda aylanma mablag‘ uchun garovsiz kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, fermerlarga hosilni sug‘urtalash xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentabr kuni hududlar kesimida asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab, shuningdek, ichki imkoniyatlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Prezident mamlakatda kartoshkaga yillik ehtiyoj 3,4 mln tonnani tashkil etib, uning 20−25 foizi import hisobiga qoplanishi, xususan, Qoraqalpog‘istonda yiliga 100 ming tonnaga yaqin, Navoiy viloyatida 45 ming tonna, Jizzax viloyatida 35 ming tonnaga yaqin kartoshka yetishmasligi haqida aytib o‘tdi.

O‘simlik yog‘iga yillik ehtiyoj 515 ming tonna bo‘lib, buning 46 foizi xorijdan olib kelinmoqda. O‘zbekistondagi yog‘-moy korxonalari esa to‘liq quvvatda ishlamayapti. Umuman, ichki bozorda 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ta’minoti importga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shu bois Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hokimliklar bilan birga ushbu mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Oziq-ovqat mahsulotlari narxining mavsumiy o‘zgarishlari ham sezilarli ekanligi qayd etildi. Chunki qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan 50 ta tumanda muzlatkichli omborlar yetishmaydi. Hozirda mavjud saqlash quvvatlari 1,5 mln tonna,bu jami yetishtirilayotgan mahsulotlarning 7 foiziga ham yetmaydi. Bu albatta «narx o‘ynashi»ga ta’sir qiladi.

Shundan kelib chiqib, viloyat hokimlariga mazkur 50 tumanda saqlash quvvatlarini keskin oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga oziq-ovqat mahsulotlari maydonini 300 ming gektarga yetkazish, ekinlarni aholi talabi va import tahlilidan kelib chiqib oqilona joylashtirish vazifasi qo‘yildi.

15-sentabrdan boshlab, hokim yordamchilari tavsiyasiga ko‘ra, sabzavot, dukkakli va moyli ekinlar bo‘yicha urug‘lik, o‘g‘it, yoqilg‘i, o‘simliklar himoyasi hamda aylanma mablag‘ uchun 150 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish yo‘lga qo‘yiladi. Bu mablag‘larning yarmini naqd pulda ajratishga ham ruxsat beriladi. Buning uchun Bog‘dorchilik agentligiga qo‘shimcha 300 mlrd so‘m ajratiladi.

Meva-sabzavotchilikni kreditlash bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinadi. Endi kartoshka, sabzavot, yog‘-moy ekinlari ekadigan klaster va dehqonlarga hosilni sug‘urtalash xarajatining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi. Bundan buyon paxta va g‘alladagi kabi, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda ham sug‘urta polisi kredit ta’minoti hisoblanadi. Bu yangilik ko‘plab dehqonlarning ishini osonlashtiradi, deyiladi xabarda.

Hozirda mamlakat bo‘yicha har yili 300 ming tonna kartoshka, 6 ming tonna dukkakli va 11 ming tonna moyli ekinlar urug‘ini tayyorlash zarur. Bu borada yaxshi tajriba bilan, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida tadbirkorlar 450 sentnergacha hosil beradigan elita kartoshka urug‘i yetishtirmoqda.

Prezident bu tajribani kengaytirib, xususiy sektor bilan birga, dukkakli va moyli ekinlar urug‘chiligida ham yo‘lga qo‘yish zarurligini aytdi.

Har bir viloyatda kamida bittadan intensiv sabzavot ko‘chatchilik xo‘jaligi tashkil etish, hosildor yerlarning barchasini intensivga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Yig‘ilishda qish-bahor oylarida meva-sabzavotlar narxini barqaror saqlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Prezident mahsulotlarni saqlash va tashish imkoniyatlarini kengaytirish uchun yuk mashinalari, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilishga ham imtiyozli kredit ajratish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu maqsad uchun tijorat banklariga 140 mln dollar ajratilgani, yana 330 mln dollar yo‘naltirish imkoniyati borligi qayd etildi.

Agrologistika loyihalarida yuk avtomobillari xaridini ham nazarda tutish, issiqxona egalariga yengilliklar berish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, «Agrolizing» aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilib, dehqon va fermerlarga moliyaviy ko‘makchi bo‘ladigan tizimga aylantirishga ko‘rsatma berildi.

Tomorqachilikni rivojlantirish borasidagi ishlar ham ko‘rib chiqilib, ko‘chma muzlatkichlar uchun yer maydonlarini ijaraga berish muddatlarini uzaytirish, aholiga o‘simliklarni himoya qilishda ko‘maklashish zarurligi aytildi.

 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tarixda ilk bor sun’iy intelekt yordamida film yaratiladi

Nemis olimi Fabian Stelzer sun'iy intellekt yordamida film yaratish ustida ish olib bormoqchi. Kartina to‘liq neyron tarmoqlar to‘plami tomonidan suratga olinadi: biri rasm bilan...

O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq?

O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni boshqa mamlakatlarga nisbatan ko‘proq. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 2022-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra respublikada faoliyat...

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi dunyo miqyosida shiddatli jarayonlar kechayotgan o‘ziga xos “tarixiy evrilish” pallasiga to‘g‘ri keldi – bir tarixiy davr nihoyasiga yetmoqda hamda...

O‘zbekiston SHHTda ilgari surgan tashabbuslar 54 taga yetdi

Bu haqda Prezident huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i Bahromjon Sotiboldiyev ma’lum qildi. Ekspertning aytishicha, o‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston ko‘plab muhim tashabbuslarni ilgari...

Avgust oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Asosiy sabablar

Avgust oyida aholi va tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari pasaydi. Shuningdek, keyingi 12 oyda valyuta kursining o‘zgarishi, yoqilg‘i va transport narxlari qimmatlashishi, ish haqi va...

Ilm o‘rganish uchun 37 ta foydali bepul saytlar

Internetning menga yoqadigan birinchi raqamli jihati – bu bepul ilm o‘rganish imkoniyatidir. Haqiqiy hayotda u yoki bu sohada ilm o‘rganishingiz uchun har doim pul...