biz haqimizda

Bosh sahifaBiz haqimizda

“YOSHLAR — KELAJAGIMIZ”
JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
CHORA-TADBIRLARI

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash, band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va biznes yuritish ko‘nikmalariga o‘qitish, shuningdek, umuman yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish orqali ularning bandligini ta’minlash maqsadida muassasa tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan nodavlat notijorat tashkilotidir.

Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlari, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda mazkur Ustavga muvofiq yuritadi.

Jamg‘arma qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, mazkur Ustavga asosan faoliyat yurituvchi alohida bo‘linmalarni ya’ni, Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallarini hamda Jamg‘armaning shahar va tuman mahalliy filiallarini tashkil etish huquqiga ega.

Jamg‘arma belgilangan tartibda blankasi, o‘zining shiori, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ramzi, web-sayti va bosma ommaviy axborot vositalariga (ilmiy-uslubiy jurnallar) ega bo‘lishi mumkin.

Jamg‘armaning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi rahbar organi joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 11A-uy.

Jamg‘arma o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradi.

Tashkilotning faoliyati nomuayyan muddatga tashkil qilinadi.

Jamg‘armaning to‘liq nomi:

      • davlat tilida kirill yozuvida – “Ёшлар – келажагимиз” жамғармаси;
      • davlat tilida lotin yozuvida – “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi;
      • rus tilidagi to‘liq nomi – Фонд “Ёшлар – келажагимиз”.

Jamg‘armaning joylashgan manzili o‘zgargan taqdirda bu haqda uni ro‘yxatdan o‘tkazgan organga xabar beradi.

Bo‘limlar

Ijtimoiy tarmoqlar

0A'zolarYoqtirish
0KuzatuvchilarKuzatish
4,105KuzatuvchilarKuzatish
6,830ObunachilarObuna bo‘lish

So'nggi yangiliklar