Matbuot xizmatiYangiliklar“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Jizzax viloyatida ko‘p tarmoqli texnologik parklarni qurish bo'yicha tanlov e'lon...

“Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Jizzax viloyatida ko‘p tarmoqli texnologik parklarni qurish bo’yicha tanlov e’lon qiladi.

“YOSHLAR – KELAJAGIMIZ” JAMG‘ARMASI JIZZAX VILOYATI KO’P TARMOQLI TEXNOLOGIK PARKLARI YAGONA DIREKSIYASI” masʼuliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi “Jizzax viloyatining tadbirkorlik va investitsiya salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 936-sonli qarori ijrosi yuzasidan Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Togʼchilik MFY hudidida, Do‘stlik tumani, А.Navoiy MFY hududida, Zomin tumani, Qo‘rg‘on MFY hududida ko‘p tarmoqli texnologik parklarni qurish uchun qurilish tashkilotlariga qurilishning boshlang‘ich narxini pasaytirib borish tartibida tanlov eʼlon qiladi (tanlov hujjatlarini oxirgi qabul kuni, eʼlon qilingan kundan 10 kalendar kuni mobaynida, o‘ninchi kun ham kiradi).

Sh.Rashidov tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi
17 747 547 729 (o‘n yetti milliard yetti yuz qirq yetti million besh yuz qirq yetti ming yetti yuz yigirma to‘qqiz) so‘m 00 tiyin.

Do‘stlik tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 13 910 855 800 (o‘n uch milliard to‘qqiz yuz o‘n million sakkiz yuz ellik besh ming sakkiz yuz) so‘m 00 tiyin.

Zomin tumanidagi obʼekt qurilishining boshlang‘ich bahosi 18 361 656 381 (o‘n sakkiz milliard uch yuz oltmish bir million olti yuz ellik olti ming uch yuz sakson bir) so‘m 00 tiyin.

Tanlovda ishtirok etish uchun murojaat xati bilan quyidagi hujjatlar konvertda yopiq holda, imzo va muxr bilan tasdiqlangan holatda taqdim etilishi lozim:

– tashkilot guvohnomasi va nizomi (ustavi);

– oxirgi 3 yillik balans hisoboti (barcha ilovalari va soliqdan hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi elektron maʼlumotnoma bilan);

– muddati 90 kundan o‘tgan debetor va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida maʼlumot;

– asosiy vositalari yoyilmasi;

– qurilish bo‘yicha mutaxassislarning shtat birligi va ushbu shtatlardagi xodimlar to‘g‘risida ma’lumot;

– So‘ngi bir yilda amalga oshirilgan qurilish ishlari bo‘yicha buyurtmachi tavsifnomasi;

Manzil – Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Qatartol ko‘chasi, 60B-uy,
3-qavat, 310-xona. Murojaat uchun telefonlar: 99 001-71-73, 97 770-56-29.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Yangi Toshkentdagi “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Yangi Toshkent shahri hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Buyuk Ipak yoʻli” loyihasi taqdimot qilindi. Maʼlumki, Yangi Toshkent shahrini barpo etish doirasida birinchi bosqichda...

Prezident Yangi Toshkentda musiqali favvora loyihasi bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan favvora majmuasi loyihasi bilan tanishdi. Mamlakatimizda aholi uchun zamonaviy jamoat makonlari, koʻngilochar va madaniy hordiq maskanlarini tashkil...

Yangi Toshkentdagi zamonaviy futbol stadioni qurilishi jadal davom etmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-mart kuni Yangi Toshkentda barpo etilayotgan yirik sport inshooti – zamonaviy futbol stadionining qurilish jarayonini koʻzdan kechirdi. Ushbu zamonaviy sport majmuasiga oʻtgan...

2025-yilning to‘rtinchi choragida bo‘sh ish o‘rinlari soni 15% dan ortiqqa oshdi

2025-yilda kuzatilgan yuqori iqtisodiy faollik va ijobiy biznes kayfiyati fonida mehnat bozorida sezilarli kengayish davom etdi. Bu haqda Markaziy bankning mehnat bozori bo‘yicha sharhida keltirilgan. O‘tgan yilning to‘rtinchi...

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish uchun $200 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohada kompleks islohotlarni amalga oshirish uchun $200 mln ajratishni ma’qulladi. Yangi loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi...

1-maydan tadbirkorlarga quyosh panellari uchun 16% li kredit ajratiladi

Prezident raisligida 18-mart kuni Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi. Unda aholi chorvani uyda boqib, bahor-yoz faslida dalaga olib chiqishga...