Foydali manbalarKutubxonaYil yakuni: tadbirkorlar tomonidan tavsiya etilgan kitoblar

Yil yakuni: tadbirkorlar tomonidan tavsiya etilgan kitoblar

Ro‘yxatga badiiy adabiyotlar, avtobiografiyalar va shaxsiy o‘sish hamda biznesni rivojlantirishga oid kitoblar kiritilgan.

Yil davomida tadbirkorlar va top-menejerlar o‘zlarining shaxsiy hayot va bizneslariga ta’sir ko‘rsatgan hamda sevib o‘qiydigan kitoblari bilan o‘rtoqlashdilar.

Spot ular tavsiya qilgan asarlardan asosiylarini saralab oldi. Ro‘yxatdan, shuningdek, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts tomonidan tavsiya qilingan kitoblar o‘rin olgan. Shu bilan birga tavsiyalar orasiga BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sabine Mahl tavsiya qilgan kitoblar kiritilgan.

Korzinka marketing direktori Malik Karimov tavsiya qilgan 5ta kitob

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlari
Malik Tomas Eriksonning “Atrof to‘la ahmoqlar” kitobni samarali muloqot va shaxsiyat turlarini tushunish bo‘yicha qo‘llanma deb tavsiya qiladi. Bu nafaqat biznesda, balki hayotda ham odamlar bilan ishonchli aloqalar o‘rnatishga yordam beradi.

Shuningdek, u muzokaralar va kelishuv san’atiga bag‘ishlangan kitob sifatida Kris Vossning “Hech qanday murosaga o‘rin yo‘q” asarini ko‘rsatadi. Malik uchun bu asar har kuni yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni natijali yechimga aylantirish bo‘yicha muhim qo‘llanma hisoblanadi.

Jim Kollinzning “Yaxshidan buyukka” kitobi oddiy darajadagi tashkilot yoki kompaniyani juda yuqori natijalarga olib chiqish tamoyillarini tahlil qiladi. Malikning aytishicha, unda muvaffaqiyatli kompaniyalar strategiyasi sodda til bilan bayon qilinadi, bu esa rahbarlar va biznes egalariga jamoa barqarorligi va o‘sish yo‘lini belgilashda foydali.

Muallifi Den Kennedi bo‘lgan “Qat’iy boshqaruv: odamlarni natijaga ishlashga majbur qiling” kitobi qat’iy boshqaruv va natijalarga erishish usullarini taqdim etadi. Malik uni rahbarlar va boshqaruvdagi qarorlarni qat’iy hamkorlik bilan qabul qilishni xohlovchilar uchun foydali deb biladi. Asarda intizom, javobgarlik, samaradorlik va resurslarni boshqarishning amaliy yo‘llari berilgan.

Malikning fikricha, Jorj Oruellning “Molxona” asari odil boshqaruv, mas’uliyat va inson tabiati haqida chuqur o‘ylash imkonini beradi. U bu asarni biznesni boshqarishda qadriyatlar va ochiqlik muhimligini anglash uchun ham o‘qishni tavsiya qiladi.


Ermak asoschisi Valijon Solixov tavsiya qilgan 5ta kitob

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlariSolixov bu kitobni 40 yoshida, “Ermak»ni boshlagan paytidayoq o‘qiganini, u shaxsga o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, odamlar bilan samarali muloqot qilish va boshqalar bilan iliq aloqalar o‘rnatishga yordam berishini aytadi. Deyl Karnegining “Do‘st orttirish va odamlarga taʼsir o‘tkazish xususida” kitobidagi yondashuv biznesda ham, shaxsiy hayotda ham odamlar bilan munosabatni yaxshilashni o‘rgatadi — bu rahbarlar uchun ayniqsa muhim.

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlari

Tadbirkor uchun shaxsiy va professional hayotda samarali bo‘lish bo‘yicha yo‘l xaritasi — Stiven Kovi muallifligidagi “Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi” kitobi. U odatlarni shakllantirish, mas’uliyatni olish, ishonchli munosabatlar qurish va hayotdagi murakkab vaziyatlarni hal etishda foydali prinsiplarni beradi. Solixov bu prinsiplarni nafaqat biznesda, balki oilaviy hayotda ham qo‘llash mumkin deb biladi.

Navbatdagi tavsiya esa Napoleon Xillning “O‘yla va boy bo‘l (Muvaffaqiyat sari yo‘l nimadan boshlanadi)” kitobi va undagi ta’limotlariga ko‘ra, muvaffaqiyat aniq maqsad, reja va intizomga asoslanadi. Uning qayd etishicha, bu asar muvaffaqiyatni tasodif emas, balki puxta ishlangan strategiya natijasi deb tushunishga yordam bergan.

Bu kitobda ming yillik fikrlar, aforizmlar va mutafakkirlarning donoliklari jamlangan. Ermak asoschisi tomonidan ta’kidlanishicha, Andrey Kolesnikning “Asrlar hikmati: insoniyat tarixidagi 1000 ta eng muhim fikr” asarini o‘tmishdan saboq olib, hayot va dunyo haqida chuqurroq fikrlashga ilhomlantiradi.

Tadbirkor topish juda qiyin bo‘lgan va 2002-yil o‘zbek tilida nashr qilingan Saida Jo‘rayevaning “Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf” kitobini ham tavsiya qiladi. Unda dunyoning eng mashhur faylasuflari tarjimayi hollari va iqtiboslari jamlangan bo‘lib, bugungi kunda ham dolzarb bo‘lib qolayotgan dono fikrlar jamlangan.


PDP EcoSystem asoschisi Odilbek Mirzayev tavsiya qilgan 5 ta kitob

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlariOdilbek Mirzayev rahbarlik va boshqaruv san’atini o‘rganishga qaratilgan kitob sifatida Isxak Adizes qalamiga mansub “Mukammal rahbar” kitobini ko‘rsatadi. Tadbirkorning aytishicha, u samarali qarorlar qabul qilish, jamoani ilhomlantirish va boshqaruv jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy yondashuvlarni beradi. Kitob nafaqat menejerlar, balki har qanday tashkilotni muvaffaqiyatga yetaklashni istaganlar uchun foydali.

Shuningdek, tadbirkor Jim Loer va Toni Shvars hammuallifligidagi “To‘liq quvvatdagi hayot” asarini energiyani samarali boshqarish haqida ekanligini ta’kildaydi. Kitob hayot va ishda yuqori samaradorlikni saqlab qolish uchun jismoniy, hissiy, aqliy va ruhiy energiyaning muvozanatini tushunishga yordam beradi. U kundalik odatlarni yaxshilash va resurslardan oqilona foydalanishni o‘rgatadi.

Mirzayev Jon Dorning “Eng muhimini o‘lchang” kitobini jamoani muvaffaqiyat sari yo‘naltirishda va professional rivojlanishda qo‘llagani haqida aytadi. Bu kitob OKR (Maqsadlar va Asosiy Natijalar) tizimi haqida bo‘lib, aniq maqsadlar qo‘yish hamda ularni o‘lchash va bajarishni tizimli yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlariSaymon Sinekning “Nima uchundan boshlang” asari “Nima uchun?” savoliga javob izlashni boshqaruv va innovatsiyalar uchun asosiy tamoyil deb biladi. Mirzayev bu kitobni insonlarni ilhomlantirish, ma’noni aniqlash va uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini ochib beruvchi yo‘l-yo‘riq sifatida baholaydi.

Tavsiyalar orasida Everett Rojersning “Innovatsiyalar diffuziyasi” kitobi ham bor. Mirzayev uchun bu kitob yangicha g‘oyalarni joriy etish, auditoriyani jalb etish va o‘sish strategiyalarini tushunishga yordam beradi.

 


Iman chocolate & fruits asoschisi Murodilla Alimbayev tavsiya qilgan 5 ta kitob

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlariAlimbayev Jonatan Geldarning “Pekin qahvaxonasidan qaydlar” kitobini Xitoy bilan biznes hamkorlikda ishlash uslublari va madaniyatini anglash uchun juda foydali deb biladi. U Xitoyliklar bilan muzokaralarda yuzaga kelgan xatolardan saboq olib, sifat, savdolashish, munosabat o‘rnatish kabi muhim jihatlarni tushunishga yordam berganini aytadi.

Tabdikror ma’naviy yo‘l-yo‘riq manbai bo‘lib, undagi oyatlar axloq, halollik, sabr, mehr-shafqat va hayot qadriyatlarini yaxshiroq anglashga yordam beradigan kitob sifatida “Qur’oni karim” ni ko‘rsatadi. U Qur’onni to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan eng muhim manba deb hisoblaydi.

Shuningdek, u Niray Davarning “Ideal marketing” asarini zamonaviy marketing bo‘yicha amaliy qo‘llanma sifatida tavsiya qiladi. Alimbayev marketing xatolarini oldini olish, mahsulot va bozor strategiyasini tushunish hamda raqobatda ajralib turish yo‘llari sodda tilda bayon etilgan bu kitobni har bir tadbirkor va marketing bo‘yicha mutaxassis uchun foydali deb biladi.

Tavsiyalar orasida Jeff Dayer va Xol Gregersen hammuallifligidagi “Innovator bo‘lish” kitobi bor. Qayd etilishicha, unda yangicha fikrlash va innovatsiya tamoyillariga bag‘ishlangan. Alimbayev uni o‘zining innovatsion yondashuvlarini rivojlantirish va startaplar hamda yangi biznes g‘oyalarni yaratish uchun juda foydali deb biladi.

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlariNavbatdagi tavsiya qilingan kitob esa mualliflari Rivkin Stiv va Traut Jek bo‘lgan raqobatli bozor sharoitida kompaniya qanday qilib o‘ziga xosligini saqlab qolishi va muvaffaqiyatga erishishi haqida hikoya qilinadigan “Farqlan yoki halok bo‘l!” asari. Alimbayev uchun bu asar brendni to‘g‘ri shakllantirish, strategik boshqaruv va raqobatchilar bilan ishlash bo‘yicha muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lgan.


BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Sabine Mahl tavsiya qilgan 5 ta kitob

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlari

Sabine Mahl Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asarini jahon adabiyotining durdonasi deb ataydi. U orqali insonga, jamiyatga, tarixga chuqurroq qarashni o‘rganish mumkin. Kitob odatdagi hayotdan tashqari insoniy qadriyatlar, do‘stlik va oila haqida chuqur tasavvur beradi.

BMT vakili Uilyam Goldingning “Pashshalar hukmdori” romani inson tabiati va jamiyat tuzilishi haqidagi murakkab savollarni ko‘tarishini aytadi. Sabine Mahl uchun bu asar axloq, hokimiyat, qo‘rquv va jamoaviy xatti-harakatlar haqida fikrlashga undaydi.

Jon Steynbekning “Odamlar va sichqonlar” asari do‘stlik, orzular va insoniylik haqida ekanligini qayd etadigan Sabine uning hayotiy mavzularni haqiqiy va ta’sirli tarzda ochib berishini aytadi. Bu kitob hamdardlik, yaqin insonni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatdagi adolatsizlikni anglashni o‘rgatadi.

Jorj Oruellning bu antiutopik asari erkin fikr, nazorat va inson sha’ni haqida. Sabine uchun “1984” kitobi fikrlash erkinligi, haqiqatni qidirish va jamiyatdagi nazorat mexanizmlari haqida chuqur mulohaza yuritish imkonini beradi.

kitoblar tavsiyasi, yil yakunlari

Navbatdagi tavsiya yolg‘izlik, hayot mazmuni va ichki olam bilan muloqot haqida hikoya qilinadigan Marlen Haushoferning “Devor” kitobi. Sabine bu asar orqali insonning o‘ziga, tabiat bilan aloqaga va hayotning oddiy jihatlariga yangicha qarashni o‘rgatishini ta’kidlaydi.


Har yilgi an’anaga muvoviq, Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2025-yilda o‘qigan eng yaxshi 5 ta kitobi ro‘yxatini e’lon qildi.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, bu kitoblarning har biri muhim narsalarning asl mohiyatini, odamlar hayotning keyingi bosqichlarida qanday maqsad topishi ochib beriladi.

Foydali manbalar

So‘nggi kitoblar

2025-yilning biznes, iqtisodiyot va texnologiyalar haqidagi eng yaxshi kitoblari

Mazkur kitoblarda Huawei va OpenAI kompaniyalarining shakllanish tarixi, ayollarning iqtisodiyotdagi roli hamda ekologiyaning eng muhim masalalari hikoya qilinadi. Financial Times nashri 2025-yilning biznes, iqtisodiyot va texnologiyalar sohasidagi...

Bill Geytsdan qishki ta’tilda o‘qish uchun 5 ta kitob

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2025-yilda o‘qigan eng yaxshi 5 ta kitobi ro‘yxatini e’lon qildi. “Bayram yaqinlashmoqda. Men har doim yilning shu faslidan foydalanib, kitob...

Claire-Louise Bennett: «Checkout 19»

«Checkout 19» romani Londonning kambag‘al, ishchilar yashaydigan hududida o‘sib ulg‘aygan va o‘qishni juda yaxshi ko‘radigan qiz haqida hikoya qiladi. Kitoblar unga yolg‘izlikdan xalos bo‘lishga...