Matbuot xizmatiXalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi islohotlar kursini ijobiy baholadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistondagi islohotlar kursini ijobiy baholadi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlar sohasidagi yutuqlarini yuqori baholadi hamda mamlakatning makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, tarkibiy o‘zgarishlar va barqaror o‘sish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

XVJ O‘zbekistonning 2024 yildagi iqtisodiy faoliyati natijalari bo‘yicha so‘nggi hisobotida islohotlarni izchil amalga oshirish muhimligini ta’kidlab, ayniqsa, fiskal barqarorlik, tashqi savdo va davlat siyosatini modernizatsiya qilish sohalarida erishilgan yutuqlarni qayd etdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda barqaror ichki talab iqtisodiyotining yuqori o‘sish (2024 yilda YAIM +6,5 foizga o‘sdi) templarining asosiy omili bo‘lib qolmoqda. XVJ inflyatsiyaning pasayishini kutmoqda va iqtisodiy o‘sish 6 foiz darajasida saqlanib qolishi kutilyapti. Energetikada subsidiyalarini qisqartirish va ijtimoiy xarajatlarning maqsadliligini takomillashtirish kelgusi islohotlarning asosi bo‘lib qolishi lozimligi takidlangan.

XVJ kuchli byudjet intizomi natijasida taqchillikning YAIMning 3 foizi darajasida ushlab turish va tashqi qarz chegaralariga amal qilinayotganini ijobiy baholaydi. Shuningdek, 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan Davlat moliyasini boshqarish strategiyasini joriy etish bo‘yicha qadamlar kelgusida ijobiy natija berishi kutilmoqda. Kelgusida daromadlarni oshirish maqsadida soliq-bojxona imtiyozlarini optimallashtirish, yashirin iqtisodiyot bilan kurash, pensiya tizimini isloh qilish va davlat qo‘llab-quvvatlashini unifikatsiyalash kabi islohotlarga ustuvorlik berilishi aytib o‘tilgan.

XVJ O‘zbekiston Markaziy bankining inflyatsiya bosimiga javoban asosiy stavkani oshirish va monetar siyosat bo‘yicha aloqalarini yaxshilashga qaratilgan harakatlarini yuqori baholadi. Inflyatsiya belgilangan darajaga (5 foiz) yetguncha qat’iy pul-kredit siyosatini davom ettirish, bosqichma-bosqich moslashuvchan almashinuv kursiga o‘tish va davlat banklarining xususiylashtirish dasturini davom ettirish qo‘llab quvvatlanadi.

Yutuqlar qatoriga 2023-2024 yillarda kredit o‘sishini sekinlashtirgan makroprudensial choralar va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish tashabbuslari kiradi.

XVJ O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi muvaffaqiyati, jumladan, JSTga kirish yo‘lidagi yutuqlarni, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mintaqalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish va Korrupsiyaga qarshi virtual akademiyaning tashkil etilishini yuqori baholadi.

Institutsional o‘zgarishlarning tezlashishi, mehnat bozoridagi islohotlar (shu jumladan, ayollar bandligini oshirish), norasmiy sektor ulushini kamaytirish va inson kapitalini oshirish bo‘yicha islohotlarni izchil davom ettirish kutilmoqda. Shuningdek, energiya tariflarini isloh qilishni yakunlash, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash, o‘rmonlarni tiklash va statistika tizimini takomillashtirish davlat boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi va barqarorligini mustahkamlaydi.

Xulosa qilib aytganda, XVJ maslahatlashuvlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy sur’atlarini tasdiqlab, soliq-byudjet va pul-kredit siyosatida intizomni saqlash, tarkibiy islohotlarni kuchaytirish bo‘yicha xarakatlarni davom ettirishni qo‘llab quvvatlaydi. Ushbu harakatlar iqtisodiyotning tashqi ta’sirlarga chidamliligini mustahkamlaydi va barqaror o‘sishni ta’minlashda muhim qadamlar bo‘ladi.

 

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Markaziy bank huzurida ustav fondi $50 mlnlik venchur fond tashkil etiladi

Shu bilan birga, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion xab yaratilib, kelasi yildan uning ishtirokchilariga moliyaviy yordam berib boriladi. 27-noyabr kuni “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini...

O‘zbekiston sunʼiy intellekt bo‘yicha 5 mln prompt-muhandisni BAA tajribasi asosida o‘qitadi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan Yosh avlod va Kitob chellenji loyihalarini yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr...

2026-yilda davlat tashkilotlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratiladi?

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 328,08 trln so‘mni tashkil etadi. Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani taqdim etgandi. Hujjat bilan,...

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish normasi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Bundan tashqari, ko‘chmas mulk garovini ro‘yxatga olish xizmati narxi 2 baravar kamaytiriladi. 25-noyabr kuni prezidentning “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida"gi...

Abituriyentlar uchun xorijiy va nodavlat OTMdagi davlat grantlariga qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi

Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolgan qismi...

O‘zbekistonda havo tozalagichlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinadi

Shuningdek, atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil etiladi. Avvalroq prezident Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan,...