Matbuot xizmatiYangiliklarToshkent viloyatidagi 20 mingga yaqin bino Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Toshkent viloyatidagi 20 mingga yaqin bino Yangi Toshkent hududiga o‘tkaziladi

Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa 3 167ta obyekt o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyatidan 20 mingga yaqin binolar Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi Toshkent hududiga o‘tayotgan ko‘chmas mulk obyektlarining umumiy soni 19 723tani tashkil etadi. Shundan 18 773tasi turar joy, 891tasi noturar joy hamda 52tasi ko‘p qavatli uylar hisoblanadi.

Bunda Yuqori Chirchiq tumanidan 6 556ta, O‘rta Chirchiq tumanidan esa jami 3 167ta obyekt o‘tkazilmoqda.

Mart oyida viloyatdagi qariyb 20 ming gektar yer maydoni Yangi Toshkentga o‘tkazilishi ma’qullandi. Yuqori Chirchiq tumanidan 17,3 ming gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan esa 2,4 ming gektar yer ajratiladi.

Yuqori Chirchiq tumanidagi 33ta mahalla (20tasi to‘liq, 13tasi qisman) va O‘rta Chirchiq tumanidagi 7ta mahalla (4tasi to‘liq, 3tasi qisman) poytaxt tarkibidagi Yangi Toshkent tumaniga o‘tkaziladi. Ularning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq Yangi Toshkentning dastlabki binolari qurilishi boshlangandi. Birinchi bosqichda ikkita OTM kampuslari, kutubxona, teatr, muzey hamda ijod maktablari barpo etiladi.

O‘tgan yilning mart oyida Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan. Yangi Toshkent konsepsiyasi va bosh rejasini ishlab chiqish 4 bosqichda amalga oshiriladi.

Tuman administratsiya, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat kabi 5ta negiz asosida quriladi. 2023-yilning iyul oyida Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Tadbirkorlik rivoji uchun qo’yilgan yana bir qadam

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son Farmoniga asosan...

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi salkam 16 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga oshgan. 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 15,8 mlrd AQSh dollariga yetgan. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi...

O‘zbekiston mart oyida 1,35 mlrd dollarlik oltin eksport qildi

Mart oyida O‘zbekiston 1,35 mlrd dollarlik, yil boshidan buyon esa 2,66 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 15,8...

Hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi

19-aprel “Shakes Pear” kitoblar olamida “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi hamda Markaziy Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo biznes hamjamiyati™ (CASEA-BC™) bosh direktori singapurlik Rudy Fang bilan...

Tadbirkorlarga qo‘llaniladigan moliyaviy jarimalar kamaytiriladi

Soliq kodeksining 227−1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qo‘llaniladigan moliyaviy sanksiyalar miqdorini kamaytirishini nazarda tutuvchi qonun ko‘rib chiqildi. Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar...