Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan Sarvar Gʻaniyevich Ashurov Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan Daniyarov Abatbay Saparbayevich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi ularni yangi lavozimlar bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qoladi!
Kanalga ulaning:
t.me/ykfoundation