Foydali manbalarTadbirkorlarTadbirkorlarga markirovkalash qurilmalari xarajati uchun 2027-yilgacha soliq imtiyozlari beriladi

Tadbirkorlarga markirovkalash qurilmalari xarajati uchun 2027-yilgacha soliq imtiyozlari beriladi

Parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar 2030-yilgacha yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Biroq bundan belgilangan maqsadlarda foydalanilmayotgan yerlar mustasno.

16-may kuni prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, pivo va pivo ichimlimklari, shuningdek, tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar yig‘im turlari jumlasiga kiritildi.

Pivo va tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli organ xabardor qilingani to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxs hamda YTTlar ushbu yig‘imlarning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish faoliyati soliq organlarini xabardor qilgan holda amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi

2027-yilgacha markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish xarajatlari summasiga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq yoki YTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS summalarini kamaytirish huquqi beriladi.

Bu raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlar uchun taqdim etilib, bitta qurilma uchun BHMning 4 baravaridan (1,5 mln so‘m) ko‘p bo‘lmagan miqdorda qo‘llaniladi.

Shuningdek, 2030-yilgacha parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. Bu parrandachilik mahsulotlarini sotmagan hamda yer uchastkalaridan belgilangan maqsadlarda foydalanmayotgan tadbirkorlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bundan tashqari, 2027-yilgacha Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi:

  • bino va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olinadigan daromadlari bo‘yicha — foyda solig‘ini;
  • ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha — mol-mulk solig‘i hamda yer solig‘ini.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan yil boshida ko‘rib chiqilgandi. Senat tomonidan esa aprel oyida ma’qullangan.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev markirovka qurilmalari xarajatiga soliqlarni kamaytirish 41 mlrd so‘m mablag‘lar 42 ming nafar tadbirkorning ixtiyorida qolishini qayd etgandi. Tamaki va pivo mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanish huquqi uchun BHMning 10%i (37,5 ming so‘m) miqdorida oylik yig‘im esa budjetga 3 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar tushishini ta’minlaydi.

2024-yilning may oyida qabul qilingan majburiy raqamli markirovkalash jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan prezident qarori bilan 2024-yilning 1-sentabridan pivo mahsulotlarining chakana savdosi faoliyati vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilishi belgilangandi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Markaziy bank huzurida ustav fondi $50 mlnlik venchur fond tashkil etiladi

Shu bilan birga, moliyaviy texnologiyalar sohasidagi startaplar uchun innovatsion xab yaratilib, kelasi yildan uning ishtirokchilariga moliyaviy yordam berib boriladi. 27-noyabr kuni “O‘zbekistonda moliyaviy texnologiyalar sohasini...

O‘zbekiston sunʼiy intellekt bo‘yicha 5 mln prompt-muhandisni BAA tajribasi asosida o‘qitadi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev BAA Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy bilan Yosh avlod va Kitob chellenji loyihalarini yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr...

2026-yilda davlat tashkilotlariga budjetdan qancha mablag‘ ajratiladi?

Budjetdan ajratiladigan mablag‘larning umumiy miqdori 328,08 trln so‘mni tashkil etadi. Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani taqdim etgandi. Hujjat bilan,...

Xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirish normasi to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi

Bundan tashqari, ko‘chmas mulk garovini ro‘yxatga olish xizmati narxi 2 baravar kamaytiriladi. 25-noyabr kuni prezidentning “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida"gi...

Abituriyentlar uchun xorijiy va nodavlat OTMdagi davlat grantlariga qo‘shimcha tanlov o‘tkaziladi

Davlat komissiyasi qaroriga muvofiq, 2025-2026 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat granti o‘rinlaridan vakant qolgan qismi...

O‘zbekistonda havo tozalagichlar uchun bojxona to‘lovlari bekor qilinadi

Shuningdek, atmosfera havosini chuqur o‘rganishga qaratilgan maxsus laboratoriya tashkil etiladi. Avvalroq prezident Toshkentdagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi. Hujjat bilan,...