Foydali manbalarBiznes haqidaTadbirkorlarga davlat va xususiy xizmatlar Biznes hamroh loyihasi orqali ko‘rsatiladi

Tadbirkorlarga davlat va xususiy xizmatlar Biznes hamroh loyihasi orqali ko‘rsatiladi

Loyiha 2026-yil martidan boshlanib, dastlab 14 ta hudud markazlarida tashkil etiladi.

O‘zbekistonda Biznes hamroh loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 1000 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish orqali tadbirkorlar faoliyatiga to‘laqonli hamrohlik qilish tizimi joriy etiladi.

Tadbirkorlar masalalari va muammolarini eshitish, muhokama qilish va joyida hal qilishga mo‘ljallangan sifat jihatdan yangi maydoncha yaratiladi.

2026-yil 1-martdan Biznes hamroh loyihasi joriy etilib, uning doirasida markazlar yo‘lga qo‘yiladi. Ular Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan MCHJ tomonidan boshqariladi. Dastlabki bosqichda bu kabi markazlar Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida bittadan tashkil etiladi.

Kelgusi yil martdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining tadbirkorlar bilan muloqotini tashkil qilishning tartibi joriy etiladi. Bunda rahbarlar har chorakda tasdiqlanadigan reja-grafiklar asosida hududlarda tadbirkorlar bilan Biznes hamroh markazlarida uchrashadi.

Reja-grafiklar har chorakda barcha uchun ochiq holatda Biznes hamroh elektron platformasi va tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Platformadagi “Rahbarlar bilan muloqot” moduli orqali bir chorak davomida 1 ta hududdan kamida 10 nafar tadbirkorning murojaati yo‘naltirilgan tashkilot rahbarlari keyingi chorak uchun mo‘ljallangan reja-grafigiga ushbu hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazishni kiritadi.

Uchrashuvlarda ko‘tarilgan va markazning Call markazidan kelib tushgan murojaatlar platforma orqali “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portaliga kiritiladi.

Biznes hamroh markazlari zarur funksional imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlat xizmatlari markazlari binolariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylashtiriladi.

Dekabr oyi avvalida prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Biznes hamroh markazlarini ochish taklif qilingandi. Uning doirasida tadbirkorlarning murojaatlariga tun-u kun javob beradigan Call-markaz tashkil etilishi taʼkidlangan edi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

2026-yil Toshkent uchun “Jadal rivojlanish va aholi daromadlari o‘sishi” yili bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

Kelgusi yilda jon boshiga xorijiy investitsiyani $3 ming, 2027-yili $3,5 mingga yetkazish uchun poytaxt tumanlari 3 ta yo‘nalishda rivojlantiriladi. Avvalroq prezident Toshkentda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob...

Toshkentda bir vaqtning o‘zida elektr va issiqlik ishlab chiqaradigan markaz ishga tushirildi

Xitoyning CNTIC kompaniyasi bilan birga amalga oshirilgan loyiha 3,5 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, unga $65 mln investitsiya yo‘naltirilgan. Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanida barpo...

Markaziy bank yil yakuni bilan iqtisodiyot 7−7,5% atrofida o‘sishini kutmoqda

Shu bilan birga, prognozlar umumiy inflyatsiya 2025-yilda 7,3% atrofida bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Markaziy bank boshqaruvi 11-dekabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror...

Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50% chegirma e’lon qilindi

Undan 18-dekabrdan 12-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun foydalanish mumkin. Talabalar uchun poyezd chiptalariga chegirma e’lon qilindi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi matbuot xizmati xabar bermoqda. Mamlakat oliy ta’lim...

Kambag‘allikni qisqartirishda har bir oila uchun individual reja ishlab chiqish kerak — prezident

Mahallalarda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirishda ularning muammolari va o‘sish nuqtalarini aniqlash topshirildi Shavkat Mirziyoyev mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududlarga aylantirish, aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan...

Kelgusi 2 yilda ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga 2 trln so‘m ajratiladi

Taʼsischisi yoki rahbari ayol bo‘lgan kompaniyalarga 10 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi. Prezident xotin-qizlarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytirilishi bo‘yicha farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy...