Matbuot xizmatiYangiliklarSunʼiy intellekt orqali shaxsiy maʼlumotlarni o‘zgartirganlar jarimaga tortiladi

Sunʼiy intellekt orqali shaxsiy maʼlumotlarni o‘zgartirganlar jarimaga tortiladi

Qonun bilan SIdan foydalanib shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish yoki ularni internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilandi.

Sunʼiy intellekt yordamida shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bu haqdagi tegishli qonun qabul qilindi.

Hujjat bilan “Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun ga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Jumladan, sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning umumiy asoslari belgilandi. Ushbu sohadagi vakolatli davlat organining vakolatlari aniqlashtirildi.

Unga ko‘ra, sunʼiy intellekt — insonning bilim va ko‘nikmalariga taqlid qilish, mustaqil o‘rganish, yechimlarni izlash va aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmui.

Insonning huquqi va erkinligiga aloqador bo‘lgan yuridik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda faqat sunʼiy intellektdan foydalanib yaratilgan texnologiyalar asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanish mumkin emas.

Sunʼiy intellektdan foydalanib shaxsga doir maʼlumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berish yoki ularni OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internetda tarqatish maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Bunda huquqbuzarlik qurollari musodara qilinib, BHMning 50−100 baravarigacha, yaʼni 41,2 mln so‘mgacha jarima solinadi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

2025-yilning noyabrida Senat sunʼiy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni maʼqullagandi. Hujjat SIdan foydalanish qoidalarini, maxsus vakolatli organning vazifalarini taʼminlash tartibini belgilaydi.

Bo‘limlar

So'nggi yangiliklar

Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787 Dreamliner sotib olish uchun kredit mablag‘larini jalb qiladi

Ta‘minot 2030-yil oxirida boshlanadi va 3−4-yil davom etadi: park har yili 4−5 ta samolyot bilan to‘ldiriladi. Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787−9 Dreamliner samolyotlarini sotib olish uchun kredit...

Jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari avtomatik tarzda berilishi mumkin

Shu bilan birga, ozodlikdan chiqqan shaxslarga bir martalik nafaqa, ayrim ijtimoiy toifadagi talabalarga TTJga yo‘llanmalarni murojaatsiz berish rejalashtirilmoqda. Avvalroq Adliya vazirligi tomonidan 2026-yilda ustuvor yo‘nalishlar...

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

“Prava” olish uchun nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi 1-fevraldan boshlab “A” va “B” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv...

Huquq-tartibot idoralarining faoliyati tanqidiy koʻrib chiqilib, jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida yangi vazifalar belgilab berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali taʼminlash boʻyicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Davlatimiz...

2025-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,4 mln so‘mga yetdi

Bir yilda o‘rtacha oylik ish haqi 18,9% ga oshdi. Eng yuqori maosh Toshkent shahrida, eng tez o‘sish esa Namangan viloyatida qayd etildi. 2025-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik...

1-fevraldan O‘zbekistonda chiqqaniga 50 yildan oshgan avtomobillardan foydalanish taqiqlanadi

Og‘ir yuk avtomobillari, kon va shaxtalarda foydalaniladigan maxsus transportlar, yo‘nalishsiz taksilar hamda antikvar avtomobillar uchun alohida davlat raqamlari joriy etiladi. Yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasi raqamlashtiriladi....